Tramp xitoylik talaba va tadqiqotchilarning AQShga kirishini taqiqladi

  • Amerika Ovozi

AQShda 1 milliondan ortiq xorijiy talabalar ta’lim oladi. Shuning uchdan biri Xitoy fuqarolaridir.

Prezident Donald Tramp AQShdagi xitoylik talaba va tadqiqotchilarni intellektual mulk o’g'riligida ayblamoqda. U Xitoy armiyasiga aloqasi bor talaba va tadqiqotchilarni mamlakatga kiritmaslikka oid qaror imzoladi. Hujjatda Xitoy o’z harbiy salohiyatini oshirish va modernizatsiyalash maqsadida AQShning yuqori texnologiyalari va intellektual mulkini o’zlashtirayotgani aytiladi.

Cheklov F-1 va J-1 viza turidagi, ya’ni magistratura talabalari va ilmiy tadqiqotchilarga nisbatan qo’llaniladi. Bakalavr darajasi uchun tahsil olayotganlar va grin karta egalari bundan mustasno.

Taqiq Xitoydagi harbiy soha bilan aloqador yettita universitetni nazarda tutishi aytilmoqda: Shimoli-g’arbiy Politexnika universiteti, Harbin Muhandislik universiteti, Harbin Texnologiya universiteti, Beihang universiteti, Aeronavtika va astronavtika universiteti, Pekin Texnologiya instituti, Nanjing Fan va texnologiya universiteti hamda Nanjing Aeronavtika va astronavtika universiteti. Bu dargohlar universitetlar Xitoy Xalq ozodlik armiyasiga aloqasi borligi ta’kidlanmoqda.

Vashingtondagi Vudro Vilson instituti mutaxassisi Robert Deylining aytishicha, qaror natijasida endi taxminan 3000-4000 atrofida talabalar AQShga kira olmaydi.

Amerika universitetlarida 350 mingdan ortiq xitoylik talabalar tahsil olayotgani hisobga olinsa, bu u qadar katta raqam emas.

Tramp xitoylik talaba va tadqiqotchilarning AQShga kirishini taqiqlashiga doir qarori ko’pgina ilmiy doiralarda norozilik keltirib chiqardi

Tramp tarafdorlari esa bu “yetti o’lchab, bir kesilgan” qaror ekanligini iddao qilmoqda.

AQSh Mudofaa vazirligining sobiq xodimi Dryu Tompsonning aytishicha, mamalakatlar Xitoyning harbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan tadbirlardan tiyilishi kerak. Sababi - uning harbiy ustuvorligi qo’shni mamlakatlar mustaqilligi va tinchligiga raxna solishi mumkin. Shuningdek, Yevropa a Osiyo mamlakatlari ham Xitoy harbiy tashkilotlariga texnologiya yetkazishni kamaytirishi lozim.

Trampning qaroridan ikki kun o’tib, respublikachi senatorlar Tom Kotton va Marsha Blekburn matematika, muhandislik, texnologiya kabi fan yo’nalishlaridagi barcha xitoylik talabalarni mamlakatga kirishini taqiqlashni taklif qilgan.

Buni ham ko'ring Xitoy grantlar bilan amerikalik olimlarni o’ziga jalb etmoqda

Texasdagi Abilen Xristian universiteti mutaxassisi Berlin Fang esa o’qishni bitirgandan so’ng AQShda qolib, mamlakat foydasi uchun xizmat qiladigan xitoylik talabalar ko’pligini aytmoqda.

AQSh Ilm-fan milliy jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, xorijiy talabalarning 72 foizi doktorlik darajasini olganidan so’ng mamlakatda o’rtacha 10 yilgacha qolib, ilm-fan taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Xitoylik tadqiqotchilar orasida esa bu raqam 90 foizni tashkil etadi.

Trampning qarori ko’pgina ilmiy doiralarda norozilik keltirib chiqargan. Amerika Kollej va universitetlari assotsiyasiyasi prezidenti Lin Paskuarella shu paytgacha Xitoy va AQSh ilmiy izlanishlarda yaqin hamkor bo’lib kelganini va pandemiya keng tarqalgan bir davrda bu hamkorlik, ayniqsa, har qachongidan ham zarurligini aytadi. U AQShda osiyoliklarga qarshi kayfiyat paydo bo’layotganidan va bunga qonunchilikning o’zi izn berayotganidan tashvishdaligini bildiradi.

O’z mablag’i hisobidan tahsil oluvchi xitoylik talabalar o’tgan yili AQSh iqtisodiga 45 milliard dollar foyda kelgan

AFSA Xalqaro o’qituvchilar uyushmasi rahbari Ester Brimmer ham bu qaror xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikka putur yetkazishidan ogohlantirgan.

AQShda 1 milliondan ortiq xorijiy talabalar ta’lim oladi. Shuning uchdan biri Xitoy fuqarolaridir.

O’z mablag’i hisobidan tahsil oluvchi xitoylik talabalar behisob. O’tgan yili ulardan AQSh iqtisodiga 45 milliard dollar foyda kelgan.

Biroq mamlakatda josuslik va intellektual mulkni o'g'irlashda ayblanib, qamalgan talabalar ham bor. Professorlar ba’zi xitoylik talabalarni dars jarayonidagi ma’lumotlarni hamda Xitoy haqida salbiy fikr bildiruvchi talabalar haqida Xitoyga axborot yetkazishda ayblagan.

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Kristofer Rey esa akademik sektor ilmiy hamkorlik qilishda juda ehtiyot bo’lishi kerakligini uqtirgan.