Xitoy Shinjon muxtoriyatida, uyg'urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi hududda "tug’ish yoshidagi ayollarini bichish amaliyotini o’tkazmoqda". Mintaqadagi vaziyatni o’rgangan xalqaro tadqiqotchilar shunday ma'lumot bermoqda.
Pekin bu xulosani inkor etib, izlanishlarni "uydirma" deb atagan.
Ammo Sharqiy Turkistondagi vaziyatni bevosita o’rgangan xitoyshunos mutaxassis Adrian Zenz o’tkazgan tadqiqot natijalari xalqaro jamoatchilikni jiddiy xavotirga solib, qator davlatlar BMTdan mustaqil tergov o’tkazishni so'ramoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa turkiy dunyo, xususan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi uyg’urlar masalasida odatdagidek sukutda.
Biroq jamoatchilik orasida, jumladan O’zbekistonda so’nggi yillarda uyg’urlar taqdiriga doir munosabat jonlangan va odamlar Xitoydan kelayotgan xabarlardan kuchli xavotirda ekanini yashirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda faol Qobul Dusov deputatlik paytida Prezident Mirziyoyevga uyg'urlar kechayotgan azob-uqubatlarga befarq bo'lmaylik, deya murojaat qilgan edi. “Amerika Ovozi”ning Dusov bilan muloqoti yuqoridagi videoda.