AQSh va Rossiya orasida atom qurollari bo'yicha amaldagi bitim 2021-yilning fevralida bitadi. Tomonlar una bir yilga uzaytirish niyatida.
Rossiya bu borada taklif bergan va Davlat departamenti unga ijobiy javob qaytarib, kelishuvga erishishdan umidvor.
Amerika bu ish bilan darhol shug'ullanishga hozir ekanini bayon qilib, Rossiya diplomatlarini ham shunday harakat qilishga undamoqda.
Moskvadan javob shuki, federatsiya AQSh bilan qator atom qurollarini muzlatish borasida siyosiy murosaga moyil. Bu orada 2022-yilning fevralidan keyingi davr uchun yangi bitim hal bo'lishi kerak.
Ya'ni, AQSh va Rossiya hozirgi bitimni uzaytiradi va yangi uzoq muddatli bitim ustida ishlaydi.
Strategik qurollarni kamaytirish bo'yicha yangi bitim, qisqacha Yangi START deya nomlangan kelishuv 2010-yilda imzolangan. Vashington va Moskva orasidagi aloqa sovuqlashgani sari bu hujjat kelajagi yuzasidan muloqot ham to'xtab qolgan edi. Shu bois bugunga kelib, uzaytirish haqida gap ochilgani xush xabar, deydi ekspertlar.
Donald Tramp prezidentligi davrida Oq uy Rossiya bilan bir necha strategik bitimlardan chiqdi. Sabab, deya bildiradi Tramp ma'muriyati, birinchidan, Kreml shartlarni buzgan; ikkinchidan, bu bitimlar ko'proq Rossiya manfaatiga xizmat qilgan. Xususan, o'rta masofani nishonga oluvchi atom qurollari bo'yicha kelishuv va ikki davlat osmonida harbiy parvozlarga doir pakt.
Demokrat Jo Bayden, prezidentlikka saylansa, Rossiya bilan 2010-yilgi bitimga tayangan holda yangidan kelishib olmoqchi. Uning fikricha, ikki davlat orasidagi bu bitim dunyo tinchligi yo'lida eng muhim choralardan biri.