Bugun Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasni qabul qilib, Afg'oniston bo'yicha hamkorlikni muhokama qilgan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hukumat qo'shni davlatdan evakuatsiya ishlarida yordamlashishda davom etishini, ammo chegara yopiq ekani va qochqinlarni qabul qilmasligini e'lon qildi.
"Hozirda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi to‘liq yopilgan va “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktidan quruqlik orqali o‘tish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan. Chegarani kesib o‘tishga bo‘lgan har qanday urinishlar, ularning sabablaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bartaraf etiladi".
Buni ham ko'ring O'zbekiston TIV Afg'onistonga nisbatan siyosatni tushuntirdiVazirlikka ko'ra, O‘zbekiston qator davlatlarga oxirgi 12 kun ichida Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatgan. "Ularning mamlakatimizga kelishi va O‘zbekistonni tark etishi faqat havo yo‘li orqali amalga oshirildi", - deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston o'z hududida afg‘on qochoqlarini qabul qilmaydi, faqat tranzitda yordam ko‘rsatiladi va ularning mamlakatda qat’iy cheklangan vaqtda bo‘lib turishiga ruxsat beradi.
O‘zbekiston "Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish hamda qo‘shni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligini yana bir bor ta’kidlaydi", - deyiladi bayonotda.