Breaking News

O'zbekiston TIV Afg'onistonga nisbatan siyosatni tushuntirdi


O'zbekiston Afg'onistonga nisbatan qanday siyosat yuritadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:01 0:00

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Farhod Arziyev 26-avgust kuni Oliy Majlis Senatida hisobot berar ekan, Toshkentning Afg’onistonga nisbatan siyosatini tushuntirdi.

O’zbekiston Afg’onistonda koalitsion hukumat tuziladi degan umidda. O'zgarmas pozitsiya shuki, tinchlikka faqat siyosiy murosa orqali erishish mumkin.

Respublika qo’shni davlatda barqarorlik va farovonlik istaydi. Mirziyoyev ma’muriyati nazarida Tolibon Afg’onistonni to’liq nazorat qilmoqda. Panjsherda unga qarshi kuchlar kurashayotgani haqida Arziyev hech nima demadi.

Farhod Arziyev, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari
Farhod Arziyev, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari

Tolibon, uning so’zlariga ko’ra, Afg’onistondagi reallik, inkor etib bo’lmas omil. Afg’oniston, O’zbekiston uchun, Markaziy Osiyoning ajralmas qismi.

Toshkent bu mamlakat bilan diplomatiyani to’xtaymaydi, deydi Arziyev, va xalqaro maydondagi tashabbuslarda ham faol qatnashadi.

Afg’onistondan o’tayotgan tranzit yo’lovchilardan O’zbekistonga xavf yo’q, ular tekshiriladi, shuningdek, respublika xavfsizlik organlari biror tahdid bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, deydi Arziyev.

Kobuldagi elchixona va Mozori Sharifdagi konsullik faoliyatni davom ettirmoqda. Afg’onistonda biror o’zbekistonlik qiyin ahvolda ekani haqida Tashqi ishlar vazirligi bilmaydi.

Senatda bu haqda gap ketmadi, ammo O'zbekiston afg'on qochqinlarini qabul qilmasligini bildirib kelmoqda. G'arb davlatlari bilan ularning fuqarolari va ishchilarini evakuatsiya qilish jarayonida yordamlashadi. Tranzit yo'lovchilar O'zbekistonga kiritilmaydi.

Termizdagi chegaradan o'tgan yuzlab afg'onlar vatanga qaytarilgan. Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Tolibon ularni jazolamaslikka so'z bergan. Bu borada Toshkent va toliblar orasida kelishuv bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG