Afg'onistonlik Sherzod Markaziy Osiyo hukumatlaridan yordam so'ramoqda

Your browser doesn’t support HTML5

Sherzod Muhammad Ashraf Afgʻonistonning Faryob viloyatida tugʻilgan. Qirgʻizistonda tibbiyot sohasida tahsil olgan. Oʻzbek madaniyati va oʻzbek tilining targʻibotchilaridan biri boʻlgan Sherzod hozirda Toshkentda yashab, tadbirkorlik bilan shugʻullanib keladi.
Sherzod Muhammad Ashraf Afgʻonistonning Faryob viloyatida tugʻilgan. Qirgʻizistonda tibbiyot sohasida tahsil olgan va bir qancha vaqt Afgʻonistonda siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullangan.

Oʻzbek madaniyati va oʻzbek tilining targʻibotchilaridan biri boʻlgan Sherzod hozirda Toshkentda yashab, tadbirkorlik bilan shugʻullanib keladi.

Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, tinch hayotni istagan afgʻonistonliklar hozirda Markaziy Osiyo davlatlariga, xususan Qirgʻizistonga kirish izni berilishidan umid qilmoqda.

“Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlarida yashayotgan xalqlarning dini, tili va urf-odatlari mushtarak. Shuning uchun afgʻonistonliklar atrofdagi qoʻshnilarni oʻziga yaqin oladi. Shu bois hozir afgʻonistonliklarning koʻpi Markaziy Osiyo davlatlaridan yordam soʻramoqda, boshpana soʻramoqda. Xususan men Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovga ham murojaat qilib, avval Qirgʻizistonda oliy taʼlim olib ketgan yoshlarni Qirgʻizistonga kirishiga izn berilishini oʻsha yoshlar nomidan soʻramoqchiman”, — deydi Sherzod Muhammad Ashraf.