Afg'onistonliklarni o'qituvchi markaz

Your browser doesn’t support HTML5

Surxondaryo viloyatida 2017-yilda ochilgan ilm dargohi afg'onistonlik yosh avlodga ta'lim beradi. Markaz direktori Oybek Ro'ziyev joriy o'quv yilida 145 talaba tahsil olishini aytadi. Afg'onistondagi siyosiy o'zgarishlar, deydi Ro'ziyev, ular sonini kamaytirmaydi. "Amerika Ovozi" markazni aylandi.
Surxondaryo viloyatida 2017-yilda ochilgan ilm dargohi afg'onistonlik yosh avlodga ta'lim beradi. "Amerika Ovozi" markaz bilan tanishar ekan, uning direktori Oybek Ro'ziyev joriy o'quv yilida 145 talaba tahsil olishini aytadi. Afg'onistondagi siyosiy o'zgarishlar, deydi Ro'ziyev, talabalar sonini kamaytirmaydi. Afg'onistonga salohiyatli fuqarolar kerak, bilimli va hunarli. Tolibon boshliq muvaqqat hukumat O'zbekiston rahbariyati bilan muloqotda bu markaz zaruratini e'tirof etgan. #Uzbekistan #Afghanistan #TermezAfghans