Qozog'istonda Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev hukumatni iste'foga chiqarish to'g'risidagi hujjatga imzo chekdi. Muvaqqat Bosh vazir sifatida Alixon Smailov ish boshlagan. Xavfsizlik organlarida ham qator rahbarlar yangilangan. Yangi vazirlar tayinlagunicha amaldagilar vazifasida davom etadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Almati shahri va Mangistau viloyatida favqulodda holat e'lon qilingan. Lekin mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari tinmagan.
Buni ham ko'ring Qozog'istonda minglab odamlar norozilik namoyishidaYonilg'i narxi oshganidan g'azabga kelgan minglab odamlar hukumatning iste'fosini ham talab qilayotgan edi. To'qayev kecha ularni qonunni buzmaslikka va zo'ravonlikka berilmaslikka chaqirib, rahbariyat ular bilan dialogga tayyor ekanini bildirgan edi.
Kechagi ommaviy chiqishlarda o'nlab fuqarolar hibsga olingan. Qozog'istonda mobil aloqa va ijtimoiy tarmoqlar cheklangan.
Inson huquqlari tashkilotlari Prezident To'qayev va butun Qozog'iston siyosiy tizimini fuqaro erkinliklarini hurmat qilishga, xalqaro normalarga rioya etishga va norozi odamlar bilan muloqot olib borishga undamoqda. Axborot oqimiga to'siqlar qo'yilmasin, deya eslatmoqda "Human Rights Watch" tashkiloti.