Qozog’istondagi namoyishlar ortidan hibsga olinganlar soni 10 ming kishiga yaqinlashgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi axborot berdi. Qozog’istondagi voqealar xalq noroziligimi, hokimiyat uchun kurashmi, davlat to’ntarishimi yoki rostdan diniy radikallar ishtirokidagi terror xurujimi? Bu savollarga aniq javob mavhumligicha qolyapti. Hibsga olinganlar ichida xorijliklar ham borligi aytilmoqda.
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, respublikaning biror fuqarosi ular orasida yo’q. Vatanga qaytish istagidagi fuqarolarning ro’yxati tuzilmoqda, ular ortga qaytariladi.
Qozog’istonda kichikroq ko’rinishdagi namoyishlar ham, hukumat boshlagan "aksilterror amaliyotlari" ham davom etmoqda. 11-yanvar kuni hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanib, bosh vazirlikka Alixon Ismoilov nomzodi ma'qullandi.
“Amerika Ovozi” Qozoq texnologiya va biznes universiteti o’qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Saparboy Jubayev bilan suhbatlashdi.