Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an taranglashgan aloqalarni yumshatish umidida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi. Tahlilchilar fikricha, Eron bo'yicha umumiy xavotirlar shunga undagan bo'lishi mumkin.
Erdog'anning aytishicha, Birlashgan Arab Amirliklariga dushanba kuni boshlangan ikki kunlik tashrifidan maqsad Fors ko'rfazi davlati bilan ko'p yillik taranglik va raqobatni yumshatishdir.
Anqara “Musulmon birodarlar” islomiy guruhini qoʻllab-quvvatlagani tufayli oxirgi yillarda Yaqin Sharq boʻylab yakkalanib qolgan edi.
Istanbuldagi Qodir Hash universitetining xalqaro munosabatlar bo’yicha professori Soli O‘zelning aytishicha, Erdog‘anning BAAga tashrifi qayta yo’lga qo’yilayotgan kengroq mintaqaviy siyosatning bir qismidir; Eron esa buning uchun muhim mushtarak zamin yaratadi.
“Turkiyaning jozibador hujumi bir necha davlatni nishonga oldi, ulardan biri Birlashgan Arab Amirliklaridir. Eron bugungidek ta’sirchan bo‘lmasligidan har ikki davlat ham g‘arb davlatlari qatori manfaatdor”, — dedi u.
Buni ham ko'ring Turkiya-Eron munosabatlarida tanglik kuchaymoqdaTurkiya Kavkazdan Suriyagacha bo’lgan hududlarda Eron bilan tobora raqobatni kuchaytirmoqda.
O‘tgan hafta Turkiya hukumatiga yaqin ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Turkiya va Isroil razvedka xizmati qo‘shma operatsiyasi o’tkazib, Turkiyada turk-isroillik tadbirkorni o‘ldirishni rejalagan bir necha eronlik agentni hibsga olgan.
Hibslar Eron yaqinda Turkiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni bir haftadan ko‘proq vaqtga to‘xtatib qo‘ygani, natijada mamlakatning ko‘plab ishlab chiqarish sektorlari faoliyati bir necha kunga to‘xtab qolishi ortidan sodir bo‘ldi.
Yevropa Kengashining katta ilmiy xodimi Asli Aydintashbashning aytishicha, gazning oʻchirilishi siyosiy sabablarga koʻra yuz bergan boʻlishi mumkin.
“Biz Eronning Turkiya uchun tabiiy gazni uzib qoʻyganini koʻrdik. Ikki o’rtada nimadir yuz bergan yoki gaz Eron ichki bozori uchun zarur boʻlgan. Ammo buning Vladimir Putin va Eron yetakchisi Ibrohim Raisiy uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgani bejiz emas. Bu Turkiyaga berilgan signal edi”, - dedi u.
Buni ham ko'ring Rossiya-Ukraina ziddiyatlari Turkiyaga bosim qo'ymoqdaEron va Rossiya Suriyada Damashq rejimini qo'llab-quvvatlashda yaqindan hamkorlik qilmoqda, Turkiya esa suriyalik isyonchilarni qo'llab-quvvatlaydi. Moskva, shuningdek, Anqara Ukrainaga qurolli uchuvchisiz dronlar sotganidan norozi.
Tahlilchi O‘zel Turkiya-Eron raqobati kuchayishi mumkinligidan ogohlantiradi. Anqara G‘arb va Yaqin Sharq davlatlarining Eron yadroviy energetika dasturi yuzasidan xavotirlariga sherik.
“Agar Turkiya bu kurashda maydonga tushishni istasa, ha, Turkiya-Eron munosabatlari biroz sinovchan boʻlishini kutishimiz mumkin. Boshqa tomondan, Turkiya va Eron asrlar davomida raqobatbardosh va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi, shuning uchun ular buni qanday amalga oshirishni juda yaxshi bilishadi”, - deya qo’shimcha qildi ekspert.
Agar Eron va xalqaro hamjamiyat oʻrtasida Eronning yadroviy energetika dasturi boʻyicha muzokaralar to’xtab qolsa, tahlilchilarning aytishicha, Turkiyaning Eron bilan raqobatni muvozanatlash borasidagi saʼy-harakatlari kattaroq sinovga duch kelishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5