Jurnalistlar Afg'onistonni tark etmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQShdan qo'nim topgan afg'onistonlik jurnalistlar

O’tgan yili 15-avgust kuni Kobul Tolibon qo’liga o’tishi ortidan ko’plab jurnalistlar mamlakatni tark etdi. Ularning ba’zilari AQShda yangi hayot boshlamoqda.

“Nyu-York Tayms”, “Amerika Ovozi” kabi yirik ommaviy axborot vositalari bilan ishlagan afg’onistonlik jurnalist Zabihullo G’ozi bugun Texasning Xyuston shahridan qo’nim topdi. U o’tgan yili Kobulda hukumat qulashi ortidan mamlakatni tark etgan yuzlab jurnalistlardan biri.

“Yashash uchun xavfsiz bo’lsa, ishlash imkoniyati bo’lsa, ortga qaytardim. Hech kim qochoq bo’lishni yoki boshqa yurtlarda abadiy qolishni xohlamaydi”, - deydi u.

“Chegara bilmas muxbirlar” ma’lumotiga ko’ra, Tolibon hukumatni qo’lga olgandan beri ommaviy axborot vositalarining 40 foizi yopilgan va 6400 dan ziyod jurnalist ishsiz qolgan.

Buni ham ko'ring Tolibonning keskin talablari ostida media qashshoqlashgan

Ishoq Sadat Afg’oniston shimolidagi Nangarhor viloyati markazi Jalolobodda “In’ikos” telekanalida ishlagan.

Uning endigi maqsadi Xyustonga o’rnashib, o’qishini davom ettirish.

“AQShga kelganimdan keyin hozirgi maqsadim yangi muhit bilan tanishish va kelajakda bu yerda oladigan tajribamni o’z yurtimda qo’llash. Bu men uchun ulkan muvaffaqiyat hisoblanadi”, - deydi u.

Sadat AQShdagi boshqa afg’onistonliklar bilan gaplashib, vatan sog’inchini qondirayotganini aytadi.

“O’zimizning afg’onlarni ko’rsak, o’zimizni jamoadek his qilamiz”, - deydi u.

Davlat departamenti ma’lumotiga ko’ra, Afg’onistondan AQShga 95 ming odam ko’chirilgan. Hukumat hozir ularni turli hududlarga joylashtirish bilan band.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg’onistonlik o’zbek: Biz o’zbeklarning egasi topilmadi