“2018-yilda grin karta yutdik. 2019-yil avgustda bolalarim va erim bilan Amerikaga ko’chdik. Qozog’istonda internetda bolalar poyafzalini sotish bilan shug’ullanardik. Grin karta yutganimiz ma’lum bo’lgandan keyin, Amerikada qanday yo’limni topaman deb o’ylay boshladim. Endi o’qish uchun kech deb o’ylagandim. Lekin shuni tushundimki, Amerikada odamlar istagan yoshida o’qiydi, - deydi qozog’istonlik muhojir. - Koloradoga kelganimda kosmetologiya bo’yicha o’qishni taklif qilishdi. 600 soat dars. Keyin makiyaj bo’yicha sertifikat olishni. Kosmetologiya sohasiga juda berilib ketdim, bor kuchimni shu yo’nalishga sarfladim”.
Biznes borasida gapiradigan bo’lsak, Amerikada biznes yuritish osonroq. Qozog’istonda har sohada korrupsiya ko’p. Bu yerda shaffoflik bor.
“Biznes borasida gapiradigan bo’lsak, Amerikada biznes yuritish osonroq. Qozog’istonda har sohada korrupsiya ko’p. Bu yerda shaffoflik bor”, - deydi vatanida ham tadbirkorlik bilan shug’ullangan ayol.
Dinaning aytishicha, kovid sababli jarayonga deyarli bir yarim yil ketgan. Boshqa vaqt esa bu jarayonga odatda yarim yil ketadi.
Dina aksariyat mijozlari Markaziy Osiyo va rusiyzabon mamlakatlardan ekanini aytadi. Lekin keyingi vaqtlarda amerikalik mijozlari ham ko’paymoqda.
“Amerikaliklar qaytanga bizdan mamnun, chunki biz vaqtga e’tibor qilmaymiz. Masalan, amerikaliklar salonida 40 daqiqa berilgan bo’lsa, shu vaqt ichida ishini bitirdimi-yo’qmi, vaqt tugagan bo’lsa bo’ldi. Biz esa natijaga e’tibor qilamiz. Agar yarim soatda tugatmasak, ikki soatga ham qolib ketishimiz mumkin. Biz faqat pul ketidan quvmaymiz”, - deydi kosmetolog.
“Yangi kelgan immigrantlarga shuni aytamanki, Amerika - imkoniyalar mamlakati. Vatanimizdan ko’p odamlar keladi, marralarni zabt etishadi. Hammasi oyoqqa turadi, odamlarimiz mehnatkash, hech narsadan qo’rqishmaydi. O’qishga, ishlashga tayyor. O’z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Bizga ham birinchi kelgan yilimiz qiyin bo’lgan. Hamma narsaga erishsa bo’ladi. Asosiysi, tushkunlikka tushishmasin, til o’rganishsin”, - deya tavsiya qiladi muhojir.