O'tgan yili AQSh yo'llarida 43 ming odam halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Sakramento, Kaliforniya shtati, 21-yanvar, 2022

2021-yilda AQSh yo'llarida 43 ming kishi halok bo'lgan. O'tgan 16 yil davomida qayd etilgan eng yirik yillik ko'rsatkich bu.

Bu son 2020-yildagidan 10,5 foiz yuqori. Mutaxassislar tahlilicha yo'l halokatlari ko'payishishiga koronavirus pandemiyasi davrida haydovchilar ko'chalarda harakat oz va sust deya, qoidalarga amal qilmay qo'ygan hollar asosiy sababdir. Kamarni taqmaslik, tezlikni haddan tashqari oshirish.

Transport vaziri Pit Buttejej deydiki, Amerika yo'llari tobora xavfli va hukumat choralar ko'rish bilan band. Shtatlar, haydovchilar va nohukumat tashkilotlar birga targ'ibot olish borishga bel bog'lagan.

Avto xavfsizlik markazi deb nomlangan jamoat tashkiloti rahbari Maykl Bruks:

"Hukumat endilikda ko'zini kattaroq ochib, choralarni kuchaytirgan, ammo ular samara bera boshlashi uchun yillar kerak".

Bruks tizimni uzoq yillardan beri bu masalaga befarqlikda ayblaydi.

Oklaxoma shtati yo'llaridagi halokat oqibatlari, 2-iyun, 2021

O'tgan yili 44 shtat va poytaxt Vashingtonda avariyalar va ular natijasida o'lim hollari soni ko'tarilgan. Texas, Kaliforniya va Florida bu borada eng oldinda. Vayoming, Nebraska, Viskonsin, Merilend va Meyn shtatlarida vaziyat yaxshilangan.

AQSh yo'llarida 2021-yilda kuniga o'rtacha 118 kishi halok bo'lgan. Qoidalarga loqaydlik, alkogol va narkotik moddalar iste'moli - asosiy omillar.

Yoshi 65 yoshdan yuqori haydovchilar orasida avariyalar 14 foizga oshgan, 35-44 yosh orasida esa 15 foizga.

Hukumatga ko'ra, 2020-yil ham ayanchli kechgan. Ko'plab yo'llar, ko'priklar va umuman infrastruktura ta'mirga muhtoj bo'lgan. Bayden ma'muriyati kelasi ikki yilda remont va yangi qurilishlar uchun milliardlab dollar sarflashni rejalagan. Tizim Amerika bo'ylab yangicha kuzatuv kameralari o'rnatadi.

Vazir Butejejning ta'kidlashicha, kelasi besh yilda 6 milliard dollar aynan mahalliy choralar, xususan halokatlarning oldini olish uchun taklif qilinayotgan dasturlarga sarflanadi.