AQSh Kongressida NUJlar bo'yicha tinglov bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Congress UFO

AQSh Kongressi o’tgan 50 yil ichida ilk bor noma'lum uchuvchi jismlar bo'yicha birinchi ommaviy tinglovini o'tkazdi. Tinglovda qatnashgan Pentagonning yuqori lavozimli mansabdorlariga ko’ra, uchuvchilar va harbiy xizmatchilar tomonidan aniqlangan "noma'lum havo hodisalari" soni qariyb 400 taga yetgan.

Mudofaa vazirining Razvedka va xavfsizlik bo'yicha o'rinbosari Ronald Moultri va Dengiz razvedkasi direktori o'rinbosari Skot Brey Vakillar palatasida Mudofaa vazirligi NUJlar haqidagi hisobotlarni qanday o’rganishi haqida ko'rsatma berdi.

Rasmiylarning aytishicha, o'tgan yili Kongress tomonidan e'lon qilingan hisobotda tilga olingan NUJlarga oid voqealarning aksariyati hanuz noma'lumligicha qolmoqda.

Vakillar palatasining Razvedka, terrorizm va qurollarning tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha qoʻmitasi raisi Andre Karsonning aytishicha, noma’lum uchuvchi jimslar milliy xavfsizlik uchun potentsial tahdiddir va ularga shunday munosabatda boʻlish kerak”.

Buni ham ko'ring Ekspertlar: Xitoyning kosmosdagi harbiy salohiyati kuchaymoqda

"Juda uzoq vaqt davomida NUJlar bilan bog'liq stigma yaxshi razvedka tahliliga to'sqinlik qildi. Uchuvchilar bunday voqealar haqida hisobot berishdan qochgan yoki shunday qilganlar ustidan kulishgan. Mudofaa vazirligi rasmiylari masalani orqa xonalarda muhokama qilishdi yoki uni butunlay sir tutishdi. Bugun biz yaxshiroq ma’lumotlarga egamiz. NUJlarni tushuntirib bera olmaymiz, lekin ularning borligi haqiqat. Ularni tekshirish kerak va ular soladigan har qanday tahdid bartaraf etililishi kerak”, - dedi Karson.

Milliy razvedka direktori idorasi va Pentagonning NUJ ishchi guruhi tomonidan e'lon qilingan o'tgan yilgi hisobotda aytilishicha, noma’lum obyektlarning o'zga sayyoraliklar yoki xorijiy dushmanlarga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan biror dalil topilmagan.

Tergovchilar hisobotda qayd etilgan 144 ta obyektning bittasini "katta, kichrayib borayotgan shar" sifatida tasvirlagan. Ammo 2004-yildan 2021-yilgacha aniqlagan boshqa 143 ta holatning nima ekani butunlay sirligicha qolmoqda.

Noma’lumligicha qolayotgan obyektlar aslida nima bo'lishidan qat'i nazar, ular haqiqiy jismlar ekanligiga shubha yo'q, chunki 144 hodisaning kamida 80 tasi bir nechta sensorlar tomonidan aniqlangan.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Fazo kuchlari

“NUJlar, shubhasiz, parvoz xavfsizligi uchun muammo tug’diradi va AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Kongressda o’tgan tinglovning bir qismi yopiq eshiklar ortida o’tgan. Omma uchun ochiq bo’lgan qismida Dengiz razvedkasi direktori o'rinbosari Skot Breyning aytishicha, o‘tgan yilgi hisobotdan beri NUJlarga aloqador hodisalar soni, taxminan, 400 taga yetgan.