Toshkentda Afg'oniston bo'yicha o'tayotgan xalqaro anjumanda AQShdan ikki maxsus vakil va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
Tomas Uest - Bayden ma'muriyatining Afg'oniston bilan bog'liq masalalarga mas'ul diplomati.
Ikkinchi maxsus vakil Rina Amiri esa Afg'oniston xotin-qizlari and inson huquqlariga doir siyosatni olg'a suruvchi rolda.
Davlat departamentiga ko'ra, Uest va Amiri O'zbekistondagi tadbirda AQSh Afg'oniston xalqini qo'llashini eslatadi va Tolibonni aholi oldidagi va xalqaro majburiyatlarni bajarishga undaydi.
"Xalqaro hamjamiyat Afg'onistonda barqaror, tinch va barcha tomonlarning manfaatlarini aks ettiruvchi tizim ishlashini xohlaydi va bunga erishish uchun harakat qiladi", - deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
"Hukumat inklyuziv bo'lsinki, afg'onlarning huquqlari va fundamental erkinliklari hurmat qilinsin, xususan ayollarning, turli etnik va diniy jamoalarning. Afg'oniston zaminidan hech kimga terrorizm tahdidi bo'lmasin".
27-iyul kuni AQSh Moliya vaziri muovini Brayan Nelson ham muloqotga qo'shilib, Tolibon bilan Toshkentda muloqot qiladi. Nelson terrorizmga qarsgi kurash va moliyaviy razvedka bo'yicha mas'ul.
Kobuldan kelgan mehmonlar va AQSh delegatsiyasi Afg'oniston xalqiga samarali yordam berish yo'llarini muhokama qiladi, deydi rasmiylar.