Afg'onistonliklar Yevropadagi noteng munosabatdan norozi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 2022-yil, 19-avgust

Germaniyaga qochoq sifatida kelgan ba’zi afg'onlar o’zlariga nisbatan ayrimachi munosabatni his qilishganini aytmoqda.

Ularga ko’ra, hozir hamma e’tibor ukrainalik qochoqlarga qaratilgan.

“Ular uchun jamoat transporti bepul, lekin biz chipta olishimiz kerak. Ularga mahalliy va xalqaro qo'ng'iroqlar uchun bepul sim-kartalar beriladi, ammo bizda bunday imtiyoz yo'q. Ular sharoiti yaxshi lagerlarga yuboriladi, lekin biz turgan joylar yashashga yaroqsiz”, - deydi afg’onistonlik Sharifulloh Aryubzay.

Germaniyadagi afg'on qochoqlari

Germaniya Federal Ichki ishlar va jamoat vazirligining “Amerika Ovozi”ga yozma bayonotda aytilishicha, Yevropa Ittifoqi kengashining mart oyida qabul qilgan qaroriga koʻra, ukrainalik qochqinlar ittifoq ichida yashash huquqini beruvchi ruxsatnomalar olishlari mumkin va ular shu asosda ishlash hamda ijtimoiy nafaqa olish huquqiga ega.

Bayonotda afg'on qochqinlari tomonidan bildirilgan xavotirlar haqida gapirilmagan bo'lsa-da, agar qonuniy shartlar bajarilsa, Germaniya barcha odamlarga teng himoya berishi tilga olinadi.

Buni ham ko'ring Qochoqlar kuni: vatanini tark etganlar soni 100 milliondan oshdi

Ukrainalik qochqinlar Germaniya yoki Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga kirishi bilan vaqtinchalik himoyaga ega bo‘ladi. Ammo afg'on qochqinlari siyosiy boshpana olish uzoq muddatli huquqiy jarayondan o'tishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri bir millionga yaqin ukrainalik qochqin Germaniyaga kelgan.

Ayni paytda Tolibon hukmronligidan qochib Germaniyaga kelgan minglab afg’onlar bor.

Your browser doesn’t support HTML5

Germaniya O'zbekiston orqali fuqarolari va afg'onlarni evakuatsiya qilmoqda