Breaking News

AQShdagi tashkilot Ukrainaga dori-darmon, mablag’ jo’natmoqda


“Bulava” - AQSh poytaxti atrofida yashovchi ukrainalik yoshlar yaratgan tashkilotning nomi. Ukrainaga yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Uning asoschisi Dariya Pach asli Ukrainadan. AQShda to’qqiz yildan beri istiqomat qiladi.

Rossiya bostirib kirganidan keyin, vatanga yordam berishim kerak edi, deydi u. Turli buyumlarni qutiga solib, Ukrainaga jo’natib yubordi. Ammo keyingisini tayyorlashdan oldin bu ishga boshqalarni ham jalb qildi.

Ukrainaga yordam berayotgan ko’ngillilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

“Tashabbusga 12 kishi qo’shilgach, komanda tuzishga qaror qildik. Nafaqat mahsulot sotadigan, mablag’ to’playdigan, balki Ukrainani tiklashga yordam beradigan bir jamoa”, - deydi Pach.

Bulava – ukrainchada cho’qmor degani. Guruh poytaxt Vashington va uning atrofida yashovchi ukrainaliklardan, ko’ngillilardan iborat. Aksariyati yosh mutaxassislar – orasida tadbirkor, hamshira, fotograf va IT bo’yicha mutaxassis ham bor.

Har chorshanba ular Ukraina ramzlari tushirilgan mahsulotlar yarmarkasini o’tkazadi. Ayrim dizaynlar bolalar chizgan suratlardan olingan. Tashkilot, shuningdek, Ukraina uchun xayriya tadbirlari ham o’tkazib turadi.

“Ukrainadagi bir qancha notijoriy tashkilotlar bilan, ko’ngillilar bilan ishlaymiz. Katta jamg’armalar odatda kattaroq tashkilotlarga yordam berayotgani uchun bizning e’tiborimiz kichiklarida. Ulardan kichik buyurtmalar olamiz”, - deydi “Bulava” a’zosi Ivan Kobzey.

Hozirgacha “Bulava” 38 ming dollar naqd pul, dori-darmon, himoya vositalari, bolalar uchun ovqat va 80 ming dollarga teng kiyim-kechak to’plagan.

Dorilarni jamlash bilan Vashingtondagi kasalxona hamshirasi shug’ullanadi. Yekaterina Koshlaba shifoxonalar, farmatsevrika kompaniyalari va xususiy klinikalar bilan gaplashadi.

“Ukrainadagi kasalxonalardan buyurtmalar qabul qilaman. So’ng ularni filtrlaymiz. Nimani topish mumkin, nimani mumkin emas. Masalan, Nikolayevdagi saraton markazidan iltimos tushgan edi. Ularga biopsiya to’plamlarini topib jo’natdik”, - deydi Koshlaba.

Ko’ngillilarning aytishicha, urush davom etar ekan, mablag’ yig’ish qiyinlashmoqda. Ular vatanda urushni boshdan kechirayotganlarga yordam berishning yangi yo’llarini izlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG