Breaking News

Ukrainada aholiga tiklanish ishlarida yordam berayotgan ko'ngillilar guruhi


Lisichansk shahri
Lisichansk shahri

15-iyun kuni Germaniya, Fransiya va Italiya rahbarlari Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog’ida nafaqat Kiyevga qo’shimcha qurol berish, balki Ukraina bug’doyini jahon bozoriga olib chiqish, ayrim manbalarga ko’ra esa Zelenskiyni Rossiya bilan sulhga undash haqida gap ketishi mumkin.

Xalqaro hayot - 14-iyun, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:00 0:00


Xususan Yevropa Ittifoqi rasmiylarining ma’lum qilishicha, Ukrainani tashkilotga qabul qilishdan oldin mamlakatda tinchlik qaror topishi kerak. Urush tugagach esa vayron bo’lgan hududlarni tiklash zarur. Hukumat zarar ko’rgan turar-joylar ta’miri uchun salkam 34 million dollar ajratgan.

Ayrim ukrainaliklar urush tugashini kutmasdan bu ishga kirishib ketdi.

“Ajratilgan pul tiklanish ishlariga kamlik qiladi”, - deydi Kiyev viloyati hokimi Oleksiy Kuleba.

Kiyev iqtisodiyot maktabi hisobiga ko’ra, tiklanish ishlari uchun 39 milliard dollar kerak, ya’ni hukumat hozir ajratgan puldan ming baravar ko’p.

Davlat bu ishga qo’l urgunga qadar “Dobrobat” deb ataluvchi ko’ngillilardan iborat qayta qurish batalyoni aholiga yordam bermoqda.

“Telegram kanallari orqali odamlardan uylarini tiklash haqida iltimos keladi. Uni ko’ngillilarga tarqatamiz. Vaqti borlar yordam ko’rsatadi”, - deydi guruh asoschisi Viktor Andrusev.

Uzoq yillik tajribaga ega quruvchi Vadim Lavrik Sumi viloyatida maxsus brigada tuzgan. Unga 30 dan ortiq ko’ngilli a’zo bo’ldi.

“Ayollar ham yordam beryapti. Ulardan biri 21 yoshda. O’zi 50 kilodan oshmaydi. “Qo’lingga bittadan ko’p g’isht olma” deyman unga. Yana bir ayol muhandis. Guruhdagilar turli kasb egalari, iste’dodli odamlar”, - deydi Lavrik.

“Dobrobat”ga 27 mingdan ortiq odam qo’shilgan. Hozir ko’ngillilar Kiyev, Sumi, Chernigovda uylarni qayta qurishda, vayronalardan tozalashda yordam beryapti.

“Biror uyning tomi zarar ko’rgan bo’lsa, yomg’ir yog’sa, uy suvga to’ladi. Bunday uyda yashash imkonsiz. Ko’ngillilarimiz borib tomni yopib beradi. Qarabsizki, oila bir tashvishdan xalos bo’ldi”, - deydi Andrusev.

Tashkilotchilarning ko’ngillilar sonidan shikoyati yo’q, ammo qurilish materiallari va gaz tanqis, homiylar va mablag’ga ehtiyoj bor.

Banklar va IT-kompaniyalar yordam qo’lini cho’zyapti. “Dobrobat” asoschilari zarar ko’rgan barcha uylarni xaritaga tushirib, har bir loyiha uchun homiy izlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG