Xitoy rahbarining mintaqaga safari O’zbekiston va Qozog’iston matbuotida Si Zinpining yirik maqolalari e’lon qilinishi bilan kuzatildi.
Zinpin O’zbekiston va Qozog’istonga bag’ishlangan maqolalarini uzoq tarixdan boshlaydi.
Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasidagi tarixiy va bugungi aloqalarga urg’u berilgan har ikki maqolada mintaqaning Xitoy nazoratida qolayotgan yirik bir xalqi - uyg’urlarning tarixiy o’rni ham, bugungi taqdiri ham tilga olinmaydi.
Buni ham ko'ring Uyg’urlar huquqining buzilishida sukutdagi turkiy davlatlar ham aybdormi?
Bu tarix Si Zinpining Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo’mart To’qayev bilan o’tgan uchrashuvida, muzokarasida ham tilga olinmadi. Aksincha, mintaqa yetakchilari Xitoy rahbarini olqishlashda o’zaro raqobatga kirishgandek ko’rindi.
Prezident To’qayev Si Zinpinni ikki xalq o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun “Altin Qiran” ordeni bilan taqdirlar ekan, Xitoy rahbarini taraqqiyotning yangi modelini yaratayotgan yetakchi sifatida e’tirof etdi.
Xitoy yetakchisini “Oliy Darajadagi Do’stlik” ordeni bilan taqdirlagan prezident Mirziyoyevning olqishlarida ham Si Zinpining fidoyiligi, iqtidori, O’zbekiston bilan aloqalarni misli ko’rilmagan darajada rivojlantirishga alohida hissa qo’shgani aytiladi.
ShHT sammitidagi ishtiroki barobarida Qozog’iston va O’zbekistonga ham davlat tashrifini amalga oshirishga ulgurgan Xitoy yetakchisiga yog’dirilgan bu olqishlar, oliy darajadagi mukofotlar Markaziy Osiyo Xitoy siyosatini to’liq qo’llashidan darak sifatida ko’rinadi.
Pekin uchun Sharqiy Turkiston, Tayvan kabi, Xitoyning ajralmas bir qismi, milliy haq-huquq talab qilayotgan uyg’urlar ekstremist, ayirmachilarga chiqarilgan. Xitoy yuz minglab uyg’urlarning qayta tarbiyalash lagerlarida saqlanayotganini shunday izohlaydi.
Buni ham ko'ring Tahlilchi: Xitoyning Markaziy Osiyodagi nufuzi ortib bormoqda
Turkiston, Markaziy Osiyo davlatlari ham bu borada Xitoy bilan hamfikr, uyg’urlar huquqi masalasida munozaraga ham, ayirmachilikka ham o’rin yo’q, deb ko’riladi.
Shanxay Hamkorlik tashkilotini separatizm va ayirmachilikdan xoli hudud qilishga chaqirgan prezident Mirziyoyevning sammit munosabati bilan yozgan maqolasida global hamkorlikka urg’u berilgan.
Siyosatshunos Farhod Tolipov ShHT ni Pekin tashqi siyosatini muvofiqlashtiruvchi tuzilma, diplomatik forum sifatida ham baholaydi.
“Xitoy bu siyosatni qo‘llayotgan davlatlarga iqtisodiy yordamni ShHT doirasida emas, ko’proq bevosita ikki tomonlama aloqalar vositasida amalga oshiradi. ShHT iqtisodiy aloqalar ko’lamini belgilovchi siyosiy maydon vazifasini o’taydi”, - deydi Tolipov.
Si Zinpining sammit arafasidagi ikki tomonlama muzokaralari bundan mustasno emas. O’zbekiston va Xitoy o’rtasida 15 milliard dollarlik bitimlar imzolandi.
Xitoyning Qozog’iston bilan iqtisodiy savdo aloqalari hajmi O’zbekistonga solishtirganda ancha ko’p. Bu miqyos qozoq jamoatchiligi xavotirlariga ham sabab bo’lgan. Shu bois, hukumat bu ko’rsatkichlarni ehtiyojsiz ochiqlashdan tiyilishi ta’kidlanadi.
Buni ham ko'ring Xitoyning Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadi nima?Si Zinpining “Xitoy-qozoq an’anaviy munosabatlarini davom ettirish, hamkorlikda yangi imkoniyatlar ochish” nomli maqolasida so’nggi 30 yil o’zaro aloqalardagi oltin davrga qiyoslangan. Savdo aloqalari hajmi o’tgan yil 25 milliard dollar atrofida bo’lgan, ayni paytda 21 milliard dollar qiymatidagi qo’shma loyihalar mavjudligi qayd qilingan.
Si Zinpinning O’zbekiston bilan hamkorlikka oid maqolasi “Xitoy- o’zbek aloqalarining porloq istiqbolini birgalikda qurish” deb nomlangan.
O’zbekiston Axborot agentligi e’lon qilgan bu maqolada Xitoy yetakchisi O’zbekiston bilan aloqalar, ayniqsa, prezident Mirziyoyev davrida izchil rivojlanish tomon ketayotganini ta’kidlaydi:
“2016-yildan boshlab Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bevosita uchrashuvlar, telefon muloqoti va o’zaro xat-xabarlar orqali doimiy muloqotdamiz. O’rtamizda yaxshi ishchan kayfiyat va chuqur do’stlik munosabatlari shakllandi”, deb yozadi Si Zinpin Mirziyoyev haqida.
Buni ham ko'ring Markaziy Osiyo va Xitoy: Manfaat, hamkorlik, o’zaro aloqalarZinpinga ko’ra, Xitoy O’zbekistonning yirik iqtisodiy hamkori, mamlakat iqtisodidagi asosiy sarmoyador, o’tgan yil o’zaro savdo 8 milliard dollarni tashkil qilgan, bu yilgi ko’rsatkich 10 milliard atrofida bo’lishi kutilayapti.
Xitoy yetakchisi o’z maqolasida siyosiy munosabatlarga, xavfsizlikka, hamkorlikni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerakligiga ham to’xtalgan:
“Birinchidan, o’zaro qo’llov va ishonchni mustahkamlash muhim. Strategik ahamiyat va uzoq muddatli manfaatlardan kelib chiqib, hamkorlikning yangi davrga mo’ljallangan yo’l xaritasini ishlab chiqish zarur”.
Zinpin O’zbekiston rahbariyatiga yuqori va oliy darajadagi aloqalarni qalinlashtirishni, siyosiy ishonchni mustahkamlashni, tomonlarning muhim manfaatlarini o’zaro qat’iy qo’llab-quvvatlashni taklif qiladi.
Buni ham ko'ring Shinjondagi qayta tarbiyalash lageridan omon chiqqan uyg’ur ayol hikoyasi“Xitoy O’zbekistonning o’z milliy realligidan kelib chiqib tanlangan rivojlanish yo’lini qat’iy qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekistonning ichki ishiga tashqaridan aralashish harakatlariga qarshi chiqadi”.
Xitoy yetakchiligida yaratilayotgan yangi “arxitektonik” rivojlanish, shiddat bilan kelajakka intilayotgan bu “ekspress” bortida O’zbekistonni ko’rishdan mamnunlik izhor qilingan maqola Pekinning hamkorlik shartlariga ham o’xshaydi.
O’zbekiston tomonining bunga munosabati noma’lum. Prezident Mirziyoyev Si Zinpin bilan o’tkazgan muzokaralari davomida maqola uchun muallifga alohida minnatdorchilik bildirgan. Xitoy rahbariga ko’rsatilgan izzat-ikrom, olqish va mukofotlar O’zbekistoning bu shartlarga tayyorligiga ishoradek ko’rinadi.