Breaking News

Tahlilchi: Xitoyning Markaziy Osiyodagi nufuzi ortib bormoqda


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Zinpinni Oliy darajali "Do'stlik" ordeni bilan mukofotladi. Samarqand, 15-sentabr, 2022.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Zinpinni Oliy darajali "Do'stlik" ordeni bilan mukofotladi. Samarqand, 15-sentabr, 2022.

Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasidagi nufuzi ortib bormoqda. Bunga, bir tarafdan, Ukraina jangi va Garb davlatlari sanksiyalari ortidan Rossiya zaiflashib, mintaqaga tasiri kamayayotgani sabab bolayotgan bolsa, boshqa tarafdan, Markaziy Osiyo davlatlaridagi korrupsiya botqogiga botgan nochor iqtisodiyot zamin yaratmoqda. Tahlilchi fikricha, Garb moliyaviy institutlari Markaziy Osiyo Xitoy qarzlariga komilib qolmasligi uchun grant va imtiyozli qarzlar ajratmoqda, ammo ulardan togri foydalanilmayapti.

Rossiya va Xitoy liderlari ShHT sammiti doirasida uchrashdi. Samarqand, 15-sentabr, 2022.
Rossiya va Xitoy liderlari ShHT sammiti doirasida uchrashdi. Samarqand, 15-sentabr, 2022.

«Xitoy Rossiya va Ukraina inqirozidan foydalanib, Markaziy Osiyo mintaqasida oz mavqeyini kuchaytirmoqda. Markaziy Osiyo hamisha Rossiya nazorati ostidagi mintaqa hisoblanib kelgan. Ammo bugungi kunda Rossiyaning bu mintaqaga tasiri kamayib borayotganligi sezilayapti. Geosiyosiy oyinlarning boshqa ishtirokchilari, jumladan, Xitoy albatta bu fursatdan unumli foydalanib, oz mavqeyini mustahkamlashga urinmoqda», – deydi siyosiy masalalar boyicha tahlilchi Abdumalik Qodirov.

Siyosiy tahlilchi Abdumalik Qodirov
Siyosiy tahlilchi Abdumalik Qodirov

Tahlilchining fikricha, Xitoyning Markaziy Osiyoga oz tasirini orttirish uchun qilayotgan harakatlari bugungi kunda yana ham aniqroq namoyon bolmoqda.

«Xitoy rahbari Si Zinpin COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan song hech bit xorijiy davlatga safar qilmagan edi. Ammo Markaziy Osiyoga kelishga qaror qildi. Ozbekistonga ShHT sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurish bilan birga Rossiya va Qozogiston munosabatlari qaltis va murakkab bolib turgan bir paytda bu davlatga tashrif buyurdi.

Voqealar rasmiy Pekin uchun mintaqa katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Xitoy rahbari ilgariroq ham Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan maxsus onlayn muloqot otkazgan edi. Si Zinpinning aynan Qozogistonga tashrifi koplab masalalarni yuzaga chiqarmoqda», – deydi tojikistonlik tahlilchi.

Suhbatdoshimizning fikricha, Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasiga bogliq rejalari oldindan mavjud bolgan. Ammo rasmiy Pekin qulay imkoniyat yuzaga kelishini kutgan.

«Xitoy Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun yarim milliard dollar mablag’ ajratganini malum qildi. Bu ham rasmiy Pekin mintaqada tasir kuchiga ega bolgan davlatlarda Xitoyning rejalari katta ekanligidan dalolat beradi.

Xitoy mintaqadagi geosiyosiy oyinlarning juda qudratli va ota tajribali hamda mahoratli ishtirokchilaridan biri bolgani uchun ham mavjud vaziyatdan samarali foydalanadi. 2015-yilda Xitoy tashabbusi bilan tavsiya etilgan «Bir makon – bir yol» global loyihasida ham Markaziy Osiyo mintaqasi rasmiy Pekin uchun katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham Xitoy yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanmoqda», – deydi tahlilchi.

«Xitoyning Markaziy Osiyodagi, xususan, Tojikistondagi nufuzi Ukraina urushi boshlanganidan buyon ortib bormoqda. Yana ham aniqroq aytadigan bolsak, bugungi kunda Xitoyning mintaqadagi nufuzi bir yil oldingiga qaraganda sezilarli darajada o’sgan», – deydi tahlilchi.

Malumki, Rossiya ham Markaziy Osiyoda oz tasir kuchini saqlab qolishga urinmoqda. Ammo real holat Rossiya tasiri kamayib borayotganligini korsatmoqda. Rossiyaning Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga tasir kuchi bir xil emas. Kimgadir koproq, kimgadir ozroq. Masalan, Ozbekistonga nisbatan Tojikistonga Rossiyaning tasiri kuchliroq. Ammo oxirgi voqealar, hatto Rossiyaning tasir kuchi eng ortiq bolgan davlatlarda ham zaiflashib borayotganin, Kreml uni saqlab qolish uchun harakat qilayotganini va bu yolda yangi loyihalarga qol urayotganini korsatmoqda.

Joriy yilning sentabr oyida Tojikistonning beshta yirik shaharlarida Rossiya maktablari ochilishi, bazi maktablarda oquvchilarni issiq ovqat bilan taminlash tizimini yolga qoyish kabi ishlar shular jumlasidan.

Suhbatdoshimizning aytishicha, Rossiya shu paytgacha mintaqadagi, xususan, Tojikistondagi mavqeyini harbiy kuch bilan shakllantirgan va ushlab turgan edi. Ammo bundan keyin bu yol ish bermasligi mumkin.

«Rossiya mintaqada harbiy bazasini joylashtirib, dunyoga Markaziy Osiyo oz tasiri ostida ekanini namoyish etib kelgan. Ammo iqtisodiy jihatdan Rossiyaning mintaqaga sarmoya kiritish imkoniyati hamisha cheklangan.

Rossiya va Garb davlatlari orasida inqiroz kuchayishi ortidan Kremlning imkoniyatlari yana ham cheklandi. Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi tarqalganidan keyin armiyasi orqali Tojikistonda oz tasir kuchini saqlab qolgan edi.

Xitoy, farqli ravishda, mintaqaga sarmoya kiritish bilan oz ta’sir doirasini oshirib bormoqda. Ayniqsa, Tojikiston tog-kon sanoatida Xitoyning ulushi katta», –deydi Qodirov.

Tabiiyki, har bir davlat, ayniqsa, nisbatan kambagal yoki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi sarmoyalarni jalb etish eng muhim ahamiyatga ega. Ammo suhbatdoshimizning fikricha, mintaqa davlatlari kelajakda Xitoyga qaram bolib qolishi mumkin.

«Xitoyning sarmoya kiritishi yaxshi, albatta. Ammo ular har bir davlatga ichki holatdan kelib chiqib ish uslubini tanlaydi va shakllantiradi. Masalan, demokratik davlat va adolatli jamiyat bolsa, Xitoy shunga muvofiq mamlakat ichki qonunlariga qatiy rioya qilgan holda ish olib boradi. Agar davlatda poraxorlik avjiga chiqqan bolsa, Xitoy poraxorlarning tegirmoniga suv quyib, ishini bitirib ketaveradi. Yani ular har bir davlatdagi ichki holatni, yozilmagan qonunlarni puxta organib, shunga qarab ish olib boradi. Shuning uchun, Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan, Tojikiston va Qirgizistonda poraxorlik juda baland bolganligi sababli Xitoyning sarmoyalari talon-taroj qilinadi va bu yaqin kelajakda xalq uchun bosh ogrigiga aylanishi mumkin. Meni ana shu holat tashvishga soladi. Xitoy sarmoyalaridan kechib ketadigan davlat emas. Yani, ular Yevropa, AQSh yoki Rossiya kabi vaziyatga qarab sarmoyalaridan kechib yubormaydi. Xitoy har bir sarflagan mablagini qayta talab qiladi. Agar mablag’ shaklida qaytib ololmasa, boshqa shaklda undirib oladi. Masalan, tog-kon foydali qazilmalarini ozlashtirib olishi mumkin. Infratuzilmalarni qaytarib olishi mumkin. Xitoyning sarmoya kiritishida ana shunday xatar mavjud», – deydi tahlilchi.

Haqiqatdan ham, Xitoy 2011-yilda Tojikistonning Togli Badaxshon muxtor viloyati bilan chegarasida 1158 kvadrat kilometr hududni malum summadagi qarzlardan voz kechish evaziga Tojikiston tomonining roziligi bilan delimitatsiya va demarkatsiya qilib, o‘z foydasiga qonuniylashtirgan edi.

Tahlilchi fikricha, mamlakat ichkarisidagi illatlar ham tashqi geosiyosiy kuchlar oz mavqeyini mustahkamlashiga qulay sharoit yaratib beradi va Xitoy kabi qudratli, tajribali va boy davlat bunday imkoniyatlardan unumli foydalanmay qolmaydi.

«Modomiki, Markaziy Osiyoda Xitoyning ta’sir kuchi mintaqada Kremlning siyosatiga ham bogliq ekan, bir narsani aytish mumkinki, Ukraina bilan urushda Rossiya maglub bolishi tayin. Biz Rossiyaga qattiq bogliq bolganimiz uchun bu davlatning kelajagi qanday bolishi vaziyatni belgilaydi va bugungi kunda katta ehtimol bilan bu davlat zaiflashadi.

Boshqa tarafdan, bugungi kunda Garb davlatlari biz Xitoy qarzlariga komilib qolmasligimizni istaydi. Shuning uchun ham, ular Tojikistonga koplab grantlar ajratmoqda. Ammo hammasi biz Garb moliyaviy institutlari tomonidan ajratilayotgan grantlar va imtiyozli qarzlardan qanchalik samarali foydalana olishimizga bogliq. Bizning poraxorlik botqogiga botgan iqtisodimizning holati qanday boladi va bizni qayerga olib boradi?» – deya savol qoyadi Qodirov.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG