Nukusdagi xazina/Savitsky Museum, Karakalpakstan
Your browser doesn’t support HTML5
Nukusda 1966-yilda ochilgan muzey davlat san'at maskanidir. U yerda 82 mingdan oshiq durdona jamlangan. Muzey dunyoga Savitskiy kolleksiyasi deb tanilgan, chunki u yerda bu kolleksioner to'plagan avangard va boshqa yo'nalishlardagi asarlar ko'rgazmada. Ular o'z davrida man etilgan rassomlarning ijodlaridir. Shu bois ham Savitskiy muzeyi erkinlik timsoli hisoblanadi. Igor Savitskiy 1915-yilda Kiyevda tug'ilib, 1984-yilda Moskvada vafot etgan. Qoraqalpog'istonni ardoqlagan va Nukusni o'z san'at to'plamini saqlash uchun maqbul joy deb bilgan.