Saudiya Arabistoni va Xitoy rahbarlariga ko'ra, hamkorlikning yangi asr boshlanmoqda. Bugun Si Zinpin Riyodda shohona kutib olingan va muloqotlar avjida.
Qirollik Pekindan kelgan "eng oliy" mehmonni dabdabali kutib olgan. Si bilan muzokaralarga shahzoda Muhammad bin Salmon bosh-qosh.
Iyul oyida Amerika rahbari borganida manzara ancha boshqacha edi, deya kuzatmoqda G'arb tahlilchilari. Prezident Jo Bayden sezilarli darajada "kamtarona" qarshilangan, deydi ular, chunki Vashington ko'p sohalarda Saudiyani tanqid qilib keladi, jumladan qirollikda erkinliklar cheklanganida.
Amerika hukumati nazarida Xitoy dunyo bo'ylab turli mamlakatlarga "shartsiz mehr va sheriklik" va'da qilgan holda, ularni o'ziga buysundirishga harakat qiladi. Saudiya Arabistoniga nisbatan Pekin tutayotgan yo'l buning isboti, deydi rasmiylar. Ularning ta'kidlashicha, Vashington hozirgi yondashuvini o'zgartirmaydi va o'z qadriyatlarini targ'ib qilaveradi, jumladan umumbashariy huquqlarni.
Buni ham ko'ring Xitoy bilan iqtisodiy aloqalar musulmon davlatlarning tilini bog’laydiRiyod Rossiyaga nisbatan Amerika xohlaganidek keskin siyosat yuritmayapti va Kremlni yakkalash kerak degan undovlarga Bayden ma'muriyati umid qilganidek, javob bermayapti.
Xitoy Ukrainadagi urushni yoqlamasa-da, tinchlikni tiklashga chaqirgan. Pekin ham AQSh yetakchiligida Vladimir Putinga qarshi tuzilgan koalitsiyaga a'zo emas.
Si matbuotda qayd etishicha, Xitoy arab dunyosi bilan aloqalarni mustahkamlaydi va orada katta manfaatlar bor.
Xitoy rahbarining arab tilida chop etilgan sharhida u o'z davlati va Saudiya Arabistoni va qo'shni davlatlarning boshqalarning ichki siyosatiga aralashmaslik tamoyilini qadrlashini aytadi.
"Suverenitet va hududiy yaxlitlikni quvvatlaymiz", - deydi Si.
9-dekabr kuni u Fors ko'rfazi davlatlarining rahbarlari bilan uchrashadi. Tomonlar energetika bo'yicha yaqindan ishlashga bel bog'lagan.
Buni ham ko'ring Rossiya arab dunyosi va Afrikadagi ittifoqchilar bilan aloqani kuchaytirmoqdaSaudiya Arabistoni va qo'shni davlatlar AQSh va Xitoy bilan o'zaro manfaatlarga asoslangan holda aloqa qilishini bildirib keladi, ya'ni "tomon tanlanmaydi".
Xitoy - dunyoda eng ko'p yonilg'i iste'mol qiladigan mamlakat. Neftga boy Fors ko'rfazi bilan sheriklik, deydi ekspertlar, Pekin uchun hayot-mamot masalasi. Yonilg'ining yarmini Xitoy Avstraliya va Amerikadan oladi, qolgani uchun esa boshqa ishonchli manbalar zarur.
Saudiya Arabistoni Pekinga eksportni oshirishga tayyor. Bu maqsadda yangi mintaqaviy markaz ochilishi kutilmoqda.
Ikki davlat energiya ta'minoti bo'yicha 34 yangi bitimga ega. Bu hujjatlarda 30 milliard dollarik hamkorlik haqida gap ketadi.
Xitoydan tadqiqotchi Tang Tianbo deydiki, Si tashrifi yangi kelishuvlarga eshik ochmoqda.