Latviya hukumati rus tilida efirga chiqadigan “Dojd TV” telekanalining translyatsiya litsenziyasini bekor qilgach, keskin tanqidlar ostida qoldi.
“Dojd TV" fevral oyida Kreml senzurasiga yo’liqib, Rossiyadagi faoliyatini to’xtatgan edi.
So’ng ijodiy jamoa Latviyaga ko’chib o’tdi, ammo shu oy telekanal o’z efirlari orqali Ukrainadagi rus qo'shinlariga yordam berayotganlikda ayblandi.
Rossiya deputati Vyacheslav Volodin buni G’arbning ikkiyuzlamachiligi deb atadi.
"Bu ishlardan hayratda qolganlar shuni bilib qo’ysinki, inson huquqlari va erkinliklar Qo'shma Shtatlar va Yevropa uchun shunchaki bezak, xolos", - dedi u.
Bu ma'lumot qanchalik to'g'ri?
Avvalo, Latviya senzura uchun matbuot faollari va jurnalistlar tanqidiga uchradi.
Rossiya esa matbuot erkinligi bo‘yicha dunyodagi eng yomon joylardan biri hisoblanadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti bu masalada Rossiyani 180 mamlakat ichida 155-oʻringa qo’ygan.
Fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri bu yerda mustaqil ommaviy axborot vositalari qolmadi.
Latviya matbuot erkinligi bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinda. Mamlakat Ukrainaning eng kuchli tarafdorlaridan biridir.
U “Dojd” telekanalini o’z milliy xavfsizligi uchun xavf deb atadi.
Buni ham ko'ring Propagandaga qarshi kurash: radioning oltin davridan nimani o'rganish mumkin?Telekanal Qrim yarimorolini Rossiyaning bir qismi sifatida ko’rsatuvchi xaritani efirga uzatgan.
Shuningdek, Rossiya qo'shinlarini "bizning armiyamiz" deb atagan.
1-dekabr kuni “Dojd” telekanali boshlovchisi tomoshabinlardan Ukraina frontidagi rus askarlariga texnik jihozlar bilan yordam berishni so‘radi.
Telekanal bosh muharriri bu holat uchun uzr so'rab, boshlovchini ishdan bo’shatdi.