Breaking News

Propagandaga qarshi kurash: radioning oltin davridan nimani o'rganish mumkin?


"Amerika Ovozi" studiyasi (arxiv surat)
"Amerika Ovozi" studiyasi (arxiv surat)

Sovuq urush davrida va “temir parda” bilan o’ralgan sobiq Sovet Ittifoqida radio erkin dunyodan axborot olishning eng muhim vositasi bo’lgan.

Asli rossiyalik, “BBC” radiosi rus xizmati boshlovchisi Seva Novgorodsev hamda “Amerika Ovozi”ning “Jazz soati” dasturi boshlovchisi Uillis Konover aynan radio efirlari orqali Sovet Ittifoqi hududida yulduzlarga aylangan.

Bu har ikki shaxs xalqaro radioeshittirishlar oltin davrining vakillari hisoblanadi. Sovuq urush davrida transchegaraviy radio efirlar G'arbning o'ziga xos madaniy diplomatiyasi vazifasini o’tagan.

Shu oy Janubiy Kaliforniya universitetining Annenberg markazida o’tgan suhbatda aytilishicha, bugun Rossiya olib borayotgan propagandaga qarshi kurashda radioning oltin davridan ko’p saboqlar olish mumkin.

Bu anjumanda o‘sha davr haqida kitoblar yozgan radio faxriylari AQSh va Rossiya o‘rtasidagi axborot urushi tarixini muhokama qilishdi.

Sovet Ittifoqida xalqaro radioning kuchi shunchalik katta ediki, Kommunistik partiya rahbarlari 1980-yillarning oxirida uchrashib, G’arb radiolariga qarshi qanday kurashish kerakligini muhokama qilishgan. Ular “Amerika Ovozi”, “Ozodlik” radiosi va tinglovchilari Bi-bi-si tomoshabinlarini qayta egallash uchun maxsus telekoʻrsatuv yaratishga qaror qilishgan. Qizig’i, bu shou keyinroq Sovet Ittifoqi hukumatidan islohotlar talab qiladigan ovozga aylandi.

O'z radio stansiyasiga ega ayollar qamoqxonasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

Novgorodsev ijodiga bag‘ishlangan “SSSRni vayron qilgan DJ” kitobi muallifi Mishel Daniel G’arbdan uzatilgan dasturlar sovet xalqining “qalbi va ongini o‘zgartirishga” yordam berganini aytadi.

Novgorodsev temir pardani aylanib o'tib, tomoshabinlarga o’z ovozi bilan yetib borgan.

Danielga ko’ra, bugungi ommaviy axborot vositalari ham yosh avlod manfaatlarini diqqat bilan o‘rganishi kerak. Ukraina va Rossiyadagi siyosiy o‘zgarishlarning yo‘nalishini aynan yoshlar belgilaydi, deydi u.

"Ularni jalb qilish juda qiyin, chunki biz ijtimoiy media muhitidamiz va millionlab chalg'ituvchi narsalar mavjud, - deydi Daniel. - Biroq hukumat yoki siyosatchilarning zamonaviy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari bugungi kunda ular yoshlar bilan qanday munosabatda ekanliklarining eng yorqin belgilaridan biridir".

“Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosining Moskvadagi birinchi byurosini ochgan faxriy jurnalist Mark Pomarning aytishicha, barcha dasturlarda inson huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan.

"Bizda efirga chiqa oladigan juda ko'p odamlar bor edi, deydi Pomar. G’arbda rossiyalik ko’plab rassomlar, mutafakkirlar va faylasuflarning yashagani bizga yordam bergan, deya qo’shimcha qiladi u.

Pomar “Ozodlik” radiosidagi faoliyati davomida G‘arb radio eshittirishlarini to‘sib qo‘yishda foydalanilgan sovet uskunlarini to’xtatishni gaplashish uchun Moskvaga borgan.

U 1990-yillarda “Ozodlik” radiosining Moskvadagi byurosini ochdi. Byuro Kreml tomonidan chet el agenti deb e’lon qilingunga qadar 30 yildan ortiq ishladi. Tarmoq 2022-yil mart oyi boshida, Rossiya kuchlari Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay, o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’ldi.

“Sovet Ittifoqi ochilganligi sababli bizda eshittirishlarni uzatish imkoniyati paydo bo'ldi va biz do'stona, ochiq auditoriya bilan ishladik, - deydi Pomar. - Buni ta'kidlash juda muhim, chunki bugungi vaziyatni hisobga olsak, tinglovchiga yetishish hozir ancha qiyin".

Ishonchli yangiliklarga ega bo’lish bugun yanada muhim.

“Oʻylaymanki, “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” radiosi rus xizmatining vazifasi haqqoniy ma’lumotlar uzatish va urush hissini Rossiyaga olib kelishdir, chunki rus ommaviy axborot vositalari buni qilmayapti”, - deya qo’shimcha qiladi Pomar.

Sovet Ittifoqi bo'ylab auditoriyani qamrab olish imkoniyati “Ozodlik” radiosi faxriy jurnalisti Gen Partaning "Radar ostida: Sovet Ittifoqidagi G'arb radiosi tinglovchilarini kuzatish" kitobida muhokama qilinadi.

Partaning aytishicha, bugungi kunda Rossiyalik tinglovchilarga yetishishning yangi yo’llarini topish kerak.

Parta uchun auditoriyani jalb qilishning kaliti bu haqqoniy xabar berish va qadriyatlarga sodiq qolishdir. Ruslarga ishonchli yangiliklarni topishga yordam beradigan texnik ma'lumotlarni taqdim etish kerak, deydi u.

Pomarning qoʻshimcha qilishicha, ommaviy axborot vositalari Rossiyani tark etgan jurnalistlar amalga oshirayotgan kichik saʼy-harakatlariga eʼtibor qaratib, ular quvgʻinda yuritayotgan “YouTube” kanallari orqali katta auditoriyani qamrab olish mumkin.

Annenberg markazi media-tahlilchisi va eksperti Vasiliy Gatov xabar berishning kamroq siyosiylashgan usullarini topish zarur deb hisoblaydi.

“Biz ruslar bilan muloqot qilish uchun qulay, iliq, hamdardlik ruhi mavjud “hikoya” usulidan foydalanishimiz kerak. Balki urush, siyosiy mojarolar, Putinning vahshiyliklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan narsalar haqida gapirish kerakdir”, — deydi u.

"Biz siyosatga yoki tashqi siyosatga aloqasi bo’lmagan mavzularda rossiyalik auditoriya bilan yaqin muloqot o’rnatishimiz kerak", - deya qo’shimcha qiladi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG