AQSh Kongressi Amerikaning eng uzoq davom etgan urushida amerikalik askarlar bilan birga ishlagan afg'onlarga rezidentlik maqomini olish imkonini beruvchi qonunni yil oxirigacha qabul qila olmadi. Bu esa Tolibon nazoratidan qochgan va hozirda Qo'shma Shtatlarda istiqomat qilayotgan o'n minglab qochqinlarning huquqiy maqomini mavhumlik ostida qoldiradi.
Ba'zi qonunchilar afg'onlarning immigratsiya maqomiga oid hujjatni so’nggi kunlarda qabul qilingan byudjet qonuniga qo’shib yuborishni umid qilgan edi. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi va masala respublikachilar palatadagi hukmronlikni qo'lga oladigan keyingi yilga qoldi. AQSh maxsus dasturi asosida qabul qilingan minglab afg’onlarning vaqtinchalik huquqiy maqomi kelasi yil avgust oyida nihoyasiga yetadi.
2001-yildan buyon amerikalik askarlar bilan tarjimon va hamkor sifatida ishlab kelgan 76 mingga yaqin afg‘onistonlik 2021-yil avgustida Amerika Afg’onistonni tark etgandan beri AQShga qabul qilingan. Ularga AQShda doimiy yashash huquqi va’da qilingan.
30 yoshli Muhammad Behzod Xakkak Kongress qarorini kutayotgan afg'onlardan biri. Virjiniya shtatining Fairfaks shahrida yashayotgan bu yigit vaqtinchalik maqom bilan rasman ishlay olmaydi. Xakkak hozirda tugatilgan Afg'oniston hukumatida inson huquqlari himoyachisi sifatida ishlagan.
Buni ham ko'ring Afg'onistonliklar Yevropadagi noteng munosabatdan noroziTolibon hokimiyatga qaytganidan keyin "Afg'onistonda hamma narsani yo'qotdik", deydi u.
O'tgan bir yil davomida huquq tashkilotlari va sobiq harbiy amaldorlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan ikki partiyaga mansub qonunchilar guruhi Kongressni Afg’onlar ishini tartibga solish to'g'risidagi qonunni qabul qilishga undadi. Agar bu qonun qabul qilinsa, u qochoq afg‘onlarga ilgari Kuba, Vyetnam va Iroqdan kelganlar kabi AQSh fuqaroligini olish uchun ariza topshirish imkonini beradi.
Qonunning shu yili qabul qilinishiga faollarning ishonchi komil edi. Lekin immigratsiya masalalarini nazorat qiluvchi Senat Adliya qo'mitasidagi eng yuqori respublikachi, Ayova shtatidan saylangan senator Chak Grassli uning ovozga qo’yilishiga qarshilik ko’rsatdi.
Grassliga ko’ra, hujjatning qamrovi juda keng va u amerikaliklar bilan birga ishlamaganlarga ham qonuniy maqom olish imkoniyatini yaratadi. Bu esa tegishli asossiz ko’plab muhojirlarning huquqiy maqom olishiga yo’l ochadi, deydi qonunchi.
“Birinchidan, mamlakatimizga yordam berayotgan odamlar biz ularga bergan va’da o’z kuchida ekanini bilishi kerak, - dedi Grassli “Associated Press”ga. - Tekshirish jarayoni bo‘yicha ba’zi kelishmovchilik bor. Bu muammo hali hal etilmagan."
Buni ham ko'ring AQShga kelish orzusidagi afg'onlar umidi puchga chiqmoqdaQonun tarafdorlari bu xavotirlarni rad etadi. 30 dan ortiq iste'fodagi harbiy ofitserlar, jumladan, Qo’shma harbiy shtabning uchta sobiq raisi Kongressga yozgan maktubda aytilishicha, qonun loyihasi nafaqat "Qo'shma Shtatlarning milliy xavfsizlik manfaatlarini qo'llab-quvvatlaydi", balki "ma'naviy majburiyat" hamdir. Oq uy ham
Agar taklif qabul qilinsa, AQShning Afgʻonistondagi missiyasini qoʻllab-quvvatlagan afgʻon fuqarolari uchun soddalashtirilgan tarzda rezidentlik maqomini olish imkoniyati yaratiladi. Ichki xavfsizlik departamenti evakuatsiya qilingan shaxslarni jiddiy tekshiruvdan o’tkazgach, ularga doimiy yashash maqomini olish ruxsatini beradi.
Milliy xavfsizlik bo’yicha rasmiylarga ko’ra, evakuatsiya qilinganlar Amerika tuprog‘iga kirib kelgungacha allaqachon qattiq tekshiruv jarayonidan o’tgan. Yevropa va Yaqin Sharqda olib borilgan bu xavfsizlik tekshiruvi turli vositalar yordamida biografik va biometrik ma’lumtlarni olish kabi choralarni o’z ichiga olgan.
Ammo respublikachilarning ta'kidlashicha, tekshirish tizimi mukammal emas. Ular Milliy xavfsizlik bosh inspektorining sentabr oyidagi hisobotiga ishora qilib, Afg‘onistondan shartli ravishda olib kelingan kamida ikki kishi “milliy xavfsizlik va mahalliy jamoalar xavfsizligiga xavf tug‘diradi”.
Natijada, qonun loyihasiga barcha afg'onistonlik arizachilar uchun majburiy shaxsan suhbatdan qayta o’tish bandi qo’shildi.
Buni ham ko'ring AQSh afg'onlarni evakuatsiya qilishga 3,3 milliard dollar sarfladiBir necha oy davom etgan muzokaralar va tekshirish jarayoni kuchaytirilganiga qaramay, qonun loyihasi Sud-huquq qo'mitasida tasdiqlanmadi va yaqinda qabul qilingan 1,7 trillion dollarlik byudjet qonun loyihasiga ham kiritilmadi.
Demokrat senator Eymi Klobushar qonun loyihasining asosiy homiylaridan biri edi.
"Ular bizning mamlakatimizga kelganlarida shunday munosabat qilsak va ularning orqasida tura olmasak, askarlarimiz bilan birga bo'lgan, ularni himoya qiladigan dunyoning qolgan qismiga qanday mujda bergan bo’lamiz? Ularning oilalari xavfsizligini kim ta'minlaydi? – deydi senator.
Klobushar va respublikachilarning yetakchi hamkori, Janubiy Karolina shtatidan saylangan senator Lindsi Grem yanvar oyida boshlanadigan Kongressning yangi sessiyasida qonun loyihasini qayta ko'rib chiqishga va'da berdi.