Kaliforniyada kattaligi mashinadek keladigan kamera yasaldi. Uning maqsadi borliqdagi noma’lum hodisalarni suratga olish orqali aniqlash.
Kaliforniyadagi Milliy Akselerator laboratoriyasida muhandislar dunyodagi eng ulkan raqamli kamerani yasamoqda. LSST deb nomlanuvchi kamera janubiy Chilidagi Vera Rubin observatoriyasiga joylashtiriladi. U o’n yil davomida fazodagi jismlarni suratga oladi.
Tadqiqotchilar kosmosni uzoq muddat kuzatish orqali ilm-fanning ayrim jumboqlariga javob topmoqchi.
“Borliqning yoshi nechchida, u qanchalik tez kengaymoqda, nega o’zi kengaymoqda? Xullas, biz borliqning hanuz tilsim bo’lib qolayotgan 95 foiziga nazar tashlamoqchimiz”, - deydi Stenford universiteti tadqiqotchisi Teo Shat.
Olimlar fikricha, olamning 95 foizi qora energiya va qora materiyadan iborat. Ularni ko’rish imkonsiz.
Buni ham ko'ring Fazoda nima gap: "Orion"ning yerga qaytishi, "Apollon - 17"ning 50 yilligi va kosmik mikroreaktorLekin qora energiyaning atrofdagi jismlarga ta’sirini uzoq muddat kuzatish orqali aniqlash mumkin.
“Shu tariqa olis galaktikalardan kelayotgan nur bizgacha turli materiyalarga uchrab, yo’nalishini o’zgartirganini o’rganishimiz mumkin”, - deydi Rubin observatoriyasi rahbari o’rinbosari Aron Rudman.
Kamera deyarli har oqshom osmonni suratga oladi. Xuddi o’tayotgan vaqtni aks ettiruvchi film kabi.
Buni ham ko'ring AQSh Oyda doimiy baza yaratish niyatidaHar bir surat uch milliard pikseldan iborat bo’ladi. Bu o’rtacha telefon kamerasidan 300 barobar katta.
AQSh hukumati tomonidan moliyalangan bu loyiha suratlarni xalqaro tadqiqotchilar bilan ham baham ko’radi
“Ikki daqiqa ichida kamerada ko’ringan yulduzlar, galaktika va asteroidlarni ularning avvalgi holatlari bilan qiyoslaymiz va o’zgarishlarni qayd etamiz”, - deydi Rudman.
Olimlar shu yo’l bilan koinot sirlarini fosh qilishdan umidvor.