Dauletmurat Tajimuratov: Hukm, Qoraqalpog'iston, Mirziyoyev

Your browser doesn’t support HTML5

31-yanvar kuni 16 yillik qamoqqa loyiq topilgan Dauletmurat Tajimuratov hukmdan norozi. Ukasi Renat Tajimuratov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, akasining sud jarayoni va sudyadan shikoyati yo'q, ammo apellyatsiya tartibida yuqori sudga murojaat qilishga bel bog'lagan. Dauletmurat Tajimuratov u qatorda sudlanib, endilikda shartli ravishda ozod etilganlar haqida nima deydi? Davlat va bosh qomusga qarshi harakat qilmaganini aytib kelayotgan Tajimuratovning asl maqsadi nima edi? 2022-yilning iyul voqealarida u kimni ayblaydi? Prezident Mirziyoyev, "tashqi kuchlar" va kelajak. Tomosha qiling.