Bayden ma'muriyati virtual dunyoni xakerlar hujumiga qarshi yanada xavfsizroq qilish uchun keng qamrovli federal qoidalarni ishlab chiqishni buyurdi. Jumladan, kiberxavfsizlik bo'yicha mas'uliyatni iste'molchilarga emas, balki onlayn tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga o'tkazish hamda kiber hujumlarni milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko'rish talab qilinmoqda.
Reja ma'muriyat payshanba kuni e'lon qilgan Milliy kibers trategiyaning bir qismi bo'lib, unda jismoniy shaxslar, hukumat va bizneslarning raqamli dunyoda qanday xavfsiz ishlashi mumkinligi bo'yicha uzoq muddatli maqsadlar ko'rsatilgan. U "dizayn bo'yicha xavfsiz" mahsulotlarni tayyorlash majburiyatini kompyuter va dasturiy ta'minot sanoatiga yuklaydi. Bu kompaniyalar mahsulotlari bozorga chiqarilishidan oldin kamchiliklar sonini sezilarli darajada kamaytirish uchun maqsadli ishlab chiqilgan, qurilgan va sinovdan o'tgan bo’lishi kerak.
Strategiya "Amerikaning kiber ijtimoiy shartnomasini tubdan qayta ko'rib chiqadi" va "kiberxavfni boshqarish uchun javobgarlikni eng ko'p bardosh bera oladiganlar zimmasiga yuklaydi", dedi milliy kiberxavfsizlik diviziyasi direktori vazifasini bajaruvchi Kemba Uolden.
Buni ham ko'ring AQSh generali: Dunyo samoda kelishib olishi kerakUoldenning ta'kidlashicha, jismoniy shaxslar, kichik biznes va mahalliy hukumatlardan kiberxavfsizlik yukining katta qismini o'z zimmasiga olishni so'rash "nafaqat adolatsizlik, balki samarasiz hamdir".
"Raqamli ekotizimimizdagi eng katta, eng qobiliyatli va eng yaxshi mavqega ega o’yinchilar kiberxavflarni boshqarish va barchamizning xavfsizligimizni ta'minlash yukining katta qismini o'z zimmalariga olishlari mumkin va kerak", - deya qo'shimcha qildi u.
Ma'muriyat strategiyasi beshta ustun atrofida tuzilgan; muhim infratuzilmani himoya qilish; tahdid subyektlarini to’xtatish va yo’qotish; xavfsizlik va barqarorlikni oshirish uchun bozor kuchlarini shakllantirish; barqaror kelajakka sarmoya kiritish va umumiy maqsadlarga erishish uchun xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish.
Strategiya bir qator yirik kiberhujumlar, jumladan, 2021-yildagi “Colonial Pipeline” energetika tizimi hamda 2019-20-yillarda federal hukumat idoralari bir qator hujumlarga uchrashi ortidan ishlab chiqilgan. Ushbu hodisalarda xakerlar kompyuter xavfsizligi ekotizimidagi zaifliklardan foydalanib, ko'plab mijozlarning ma’lumotlarini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan. Kiberxavfsizlik tizimida markaziy bo'lgan kompaniyalarga kattaroq xavfsizlik talablarini qo'yish orqali ma'muriyat foydalanuvchilar va mijozlarga bo’ladigan xavf ko’lamini kamaytirishga umid qilmoqda.
Avvalgi maʼmuriyatlarning kiberxavfsizlikka yondashuvlari koʻproq ixtiyoriy, davlat-xususiy sherikligi va axborot almashish amaliyotiga qaratilgan edi. Baydenning yangi strategiyasi xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirishga intilayotgan bo'lsa-da, u kiberxavfsizlikni keng qamrovli federal tartib asosida boshqarishni yo’lga qo’ymoqchi.
Buni ham ko'ring Pxenyan kiber josuslikning yangi usullariga tayanmoqdaVakillar palatasi nazorati respublikachilar qo’lida ekan, ma'muriyat qonunchilikka o'zgarishlar kiritishda muammolarga duch kelishi mumkin. Ma'muriyatning yuqori martabali rasmiylaridan biriga ko’ra, javobgarlikni sanoatga o'tkazish uchun qonunlar yaratish uzoq muddatni oladi va bunga, ehtimol, o'n yil ketishi mumkin.
Firibgarlik hujumlari milliy xavfsizlikka tahdid sifatida
2022-yil Albaniya hukumati tarmoqlariga Eron uyushtirgan kiberhujumlarga ishora qilib, Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchining kiber va rivojlanayotgan texnologiyalar boʻyicha oʻrinbosari Anne Noyberger jinoyatchilar va davlat o’yinchilari dunyo boʻylab halokatli kiber hujumlarini amalga oshirayotgani haqida ogohlantirdi.
Strategiyaga ko'ra, moliyaviy to’lov talab qiluvchi dastur hujumlari endi jinoiy faoliyat emas, balki milliy xavfsizlik muammosi sifatida ko'rib chiqiladi.
"Amerikaliklar dushmanlarimiz tomonidan nishonga olingan taqdirda ham muhim xizmatlar, shifoxonalar, gaz quvurlari, havo va suv xizmatlari to’xtamasligiga ishonch hosil qilishlari kerak", dedi u va kiberhujumlarning oldini olish uchun infratuzilma va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Buni ham ko'ring Blinken: Texnologik raqobatda AQSh ustunlikni qo’lga olishi kerakStrategiya federal hukumatga, jumladan, huquqni muhofaza qilish va harbiy hokimiyat organlariga zararli kiberfaoliyatni to'xtatish va ularning aybdorlarini ta'qib qilish uchun kengroq vakolat beradi.
"Biz, albatta, Amerika xalqini ushbu tahdidlardan himoya qilishimizga ishonch hosil qilish uchun yanada oldinga intilamiz", - dedi yuqori martabali ma'muriyat rasmiysi.
U, kerak bo'lsa, diplomatik va razvedka choralari va moliyaviy sanksiyalar qo'llanishini qo'shimcha qildi.
"Va hatto harbiy vositalar qo’llanishi mumkin. Bu prezidentda mavjud variantlar va biz ularning barchasidan foydalanishga tayyormiz”, - dedi rasmiy.
Oq uy “Amerika Ovozi”ning bu variantlar jinoyatchilar yoki xorijiy hukumatlarga qarshi kiber operatsiyalarni oʻz ichiga oladimi, degan savoliga javob bermadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Strategiya Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va “revizionistik niyatli boshqa avtokratik davlatlar”ni tilga olib, ularni AQSh manfaatlari va xalqaro me’yorlarga zid bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun “ilg‘or kiber imkoniyatlardan agressiv foydalanishda” ayblaydi. U Xitoyni "hukumat va xususiy sektor tarmoqlari uchun eng keng, faol va doimiy tahdid" sifatida alohida qayd etadi.
Kiber infratuzilmaga investitsiyalar
Strategiya, shuningdek, yangi ishchi kuchi, infratuzilma va raqamli ekotizimlarga uzoq muddatli investitsiyalar kiritishni hamda milliy barqarorlik va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish uchun texnologiyalar jalb qilishni ko’zda tutadi.