57 davlat a'zo Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) matbuot erkinligi va mustaqil axborot vositalari demokratiya garovidir, deya eslatmoqda. Tashkilotning Venada joylashgan qarorgohi mezbonlik qilayotgan anjumanga qariyb 240 mutaxassis va rasmiylar yig'ilgan.
Ayni damda YXHTga Shimoliy Makedoniya rais. Matbuot erkinligi bo'yicha maxsus vakil, shuningdek, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha idora, jurnalistik uyushma va boshqa tashkilotlar ishtirokidagi yig'inda media, demokratiya va xavfsizlik masalalari muhokamada.
“Media erkinlik darajasi har bir jamiyatning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Demokratik tizimlar uchun o'ta chuqur ahamiyatga ega. Fikr va so'z erkinligi cheklangan muhitda demokratiya ham tahdid ostida va rivojlanmaydi", - deydi Igor Dyundev, Shimoliy Makedoniya elchisi.
Buni ham ko'ring "Ozodlik uyi": Markaziy Osiyoning biror davlatida erkinlik yo'q"Biz bu erkinlikni targ'ib qilishda davom etib, jurnalistlar uchun sharoit yaxshilashga undashda davom etamiz. Har bir a'zo o'z majburiyatlarini ado etishi, matbuot erkinligi yo'lida dadil qadamlar tashlashi zarur", - deya ta'kidlaydi diplomat.
YXHT hududida mustaqil axborot vositalari kamayib, matbuotning aksariyat qismi bosim ostida ekani kuzatiladi. Xavfsizlikmi yoki erkinlik degan tanlov muhokamada.
Anjuman tashkilotchilari deydiki, aslida matbuot ekrinligi barqarorlik uchun zamin yaratadi. YXHT asosida uchun tamoyil yotadi, deya eslatadi ular, siyosiy-harbiy hamkorlik, iqtisodiy va ekologik ravnaq hamda inson huquqlari ta'minoti.
Demokratiyani va'da qilgan rahbarlar matbuotga tazyiq o'tkaza olmaydi, aksincha adolatli tizimlar barpo etib, xalqqa xizmat qilish axborot vositalari mustaqil bo'lishini taqoza etadi.
“YXHT hududida vaziyat qiyinlashgani aniq. Xavfsizlik qaltis deya demokratik qadriyatlar chetga surilmoqda", - deydi Tereza Ribeyro, tashkilotning Media erkinlik bo'yicha maxsus vakili.
Buni ham ko'ring Mirziyoyevga ochiq xat: O'zbekistonda jurnalistlar va faollar to'siq, bosim va tahdid ostida“Mustaqil media demokratiyani kuchaytiradi, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlaydi. Shu bois bu erkinlikni kengaytirish uchun kuchli siyosiy iroda zarur, shuningdek, birdamlik va jasorat kerak. Hammamiz xavfsiz yashashni va inson huquqlarimizga tayana olishni xohlaymiz".
Ribeyro va YXHTning boshqa rasmiylari a'zo hukumatlarni shu tariqa demokratik jarayonlarni jadallashtirishga undamoqda. Bu hamjamiyatning bir qismi ekanini faxr bilan qayd etadigan davlatlarda o'tgan o'nyillikda media erkinlik ko'lami pasayib ketgan. Mustaqil matbuotga yo'l ochilishi kerak, deya chaqirmoqda YXHT.
Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha idora rahbari Matteo Mekachi deydiki:
“Media erkinlik, barcha fundamental huquqlar, tinchlik va barqarorlikning asoslaridir. Erkinlik yetishmagan joyda hech qanday rivojlanish bo'lmaydi. Saylovlardan tortib, hayotning har bir jabhasigacha, matbuotning roli beqiyos. Demokratik institutlarga ishonch aynan mustaqil media orqali shakllanadi".