Kiyev muqaddam Moskva patriarxatiga qaragan Ukraina pravoslav cherkovini tarixiy majmuadan ko'chirmoqchi.
Bunga Ukraina pravoslavlari, ya'ni Moskva patriarxatini tan olgan ruhoniylar Rossiyani qo'llab kelayotgani sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Moskva patriarxatiga bo'ysungan pravoslavlar cherkovi, aniqrog'i cherkov ruhoniylari rossiyaparatslikni targ'ib qilishda ham aybli ko'rilyapti.
Kiyev sudi Ukraina pravoslavlar cherkovi mitropoliti Pavelni ikki oylik uy qamog'iga hukm qildi.
U Rossiyaning Ukrainaga bosqinini oqlash harakati, shuningdek, diniy adovat qo'zg'atishda ayblandi.
Mitropolitning o'zi ham, uni qo'llab kelayotgan pravoslav dindorlar ham bu ayblovlarni to'qima, mahkamani esa siyosiy buyutrma deb hisoblashadi.
Buni ham ko'ring Patriarx Kirill: Ruslar va ukrainlar bir xalqMitropolit va uning himoyasiga chiqqan pravoslavlar bir haftadirki cherkovlar oldida ibodat qilishmoqda, majmua binosini xatlashgan kelgan hukumat vakillarining cherkovga kirishiga to'sqinlik qilishyapti.
Sud ajrimiga ko'ra, Ukraina pravoslav cherkovi bu majmuani bo'shatishi, binolarni Madaniyat vazirligi qabul qilib olishi kerak.
Ammo hozircha bu ajrim qarori amalga oshgani yo'q, qaror shikoyat qilinishi kutilmoqda.
Umuman, Ukrainadagi diniy qarashlar biroz murakkabroq, ukrainlarning 70 foizdan oshig'ini nasroniylar taskil etadi, ammo ular cherkovlarga ko'ra ikkiga bo'lingan.
Biri Moskva patriarxatini, diniy idorasini tan olsa, ikkinchisi G'arb davlatlari pravoslavlariga suyanadi.
Ular o'rtasidagi raqobat azaldan mavjud, ammo yaqindan bunga hukumat ham qo'shildi.
Your browser doesn’t support HTML5
Buning sababi, yuqorida aytilganidek, Moskva patriarxatini tan oluvchi pravoslav cherkovlarida siyosiy targ'ibotga yo'l qo'yilayotgani deb ko'riladi.
Ukraina xavfsizlik xizmati Ukraina pravoslav cherkovlarida tintuvlar o'tkazishi ortidan Rossiya bayroqlari, rus dunyosini targ'ib qiluvchi turli siyosiy qo'llanmalar topilganini namoyish qilishdi.
Buni ham ko'ring Moskva yaqinida urushdagi g'alabaga bag'ishlangan cherkov ochildiBuning ortidan ish sudda ko'rib chiqildi, Moskva patriarxatini tan olib kelgan Ukraina pravoslav cherkovini Pecherk lavrasidagi tarixiy cherkovlar majmuasidan ko'chrishga, majmuani Madaniyat vazirligi ixtiyoriga topshrishga qaror qilindi.
Albatta, diniy erkinliklarga doir bu qaror Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, bir yildan oshiq davom etayotgan urushga bog'liq ekanligini inkor etish qiyin.
Hukumatning asosiy e'tirozi Ukraina pravoslav cherkovlarida Rossiya agressiyasi ochiq qoralanmagani, ayrim hollarda rossiyaparastlik targ'iboti davom ettirilganidir.
Moskva patriarxatiga bo'ysungan pravoslav cherkov vakillari esa bu ayblovlarni inkor qilib, e'tiqod erkinligi buzilayotganini da'vo qilmoqda.