Umida Niyazova: Shohida Yoqub O'zbekistonga nega kiritilmadi?
Your browser doesn’t support HTML5
Germaniyadan turib, O'zbek inson huquqlari forumi degan tashkilotni yuritadigan Umida Niyazova Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, Britaniyadan ona yurtiga borgan taniqli jurnalist Shohida Yoqub (To'laganova) O'zbekistonga kiritilmagani (5-aprel kuni) Toshkent uchun katta minus. "O'zbekiston repressiv davlatlar qatorida bo'lmasligi kerak", - deydi Niyazova. Axir hukumat o'zgarishlar haqida bong urmoqda.