Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning ta'kidlashicha, Ukrainaga qarshi urushda Rossiya o’z armiyasini qurol-aslaha bilan muammosiz ta’minlay oladi. U shu yilning o’zida 1500 ta tank ishlab chiqarilishini aytdi.
“Dushmanlarimiz sanoatimiz qulaydi deb o'ylashgandi. Shu yilning o‘zida biz 1500 ta tank ishlab chiqaramiz”, - deydi Medvedev.
Bu qanchalik to’g’ri?
Rossiya Ukrainaga 2022-yil fevral oyida to’liq masshtabda bostirib kirishidan oldin aksariyat harbiy tahlilchilar mamlakatning yillik tank ishlab chiqarish salohiyati 250 tadan oshmasligini taxmin qilgan.
Bosqin ortidan G’arb Rossiyaga yuqori texnologiyali harbiy anjomlar yetkazishni taqiqlashi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.
Rossiya armiyasi urush boshidan beri Ukrainada taxminan 2000-2300 tankini yo’qotgan - ularning qariyb yarmi eng saralari.
Ularning o'rnini to’ldirish uchun Rossiya 1950 va 1960-yillarda ishlab chiqarilgan tanklarni ta’mirlamoqda.
Buni ham ko'ring Putin Ukrainaga borgan, Kiyev jim“Conflict Intelligence Team” tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, ular orasida Ikkinchi jahon urushi davrida ishlab chiqarilgan, eski T-54 va T-55 sovet tanklari ham bor.
“Ozodlik” radiosi xabariga ko’ra, Rossiya ko’p sonli eski sovet texnikasini poyezdlarda Ukrainadagi jang maydonlariga o‘tgan yilning kuzida yetkazgan.
Jumladan, 50-60 yil oldin ishlab chiqarilgan, qayta ta’mirlangan T-62 tanklarini.