Qo'shma Shtatlar Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishi ortidan blokada ostidagi Lochin koridorida tez orada "tovarlarning tijoriy harakati" boshlanishi kutilmoqda.
So‘nggi oylarda ikki sobiq sovet respublikasi o‘rtasida ziddiyat kuchayib, Ozarbayjon Armanistonga bahsli Tog‘li Qorabog‘ hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beruvchi yagona quruqlik yo‘li bo‘lgan Lochin koridorini yopib qo’ygan edi.
Dushanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Virjiniya shtatining Arlington shahrida Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Blinken keyin Davlat departamenti yaqinidagi diplomatik muassasada ikki tomonlama tinchlik muzokaralari doirasida har ikki rasmiy bilan ham uchrashdi.
Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo'yicha muzokaralar payshanba kuniga qadar davom etadi.
Buni ham ko'ring "Turon" armiyasi uchun fursat yetdimi?“Biz Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish tarafdorimiz”, - dedi Davlat departamentining yuqori martabali rasmiysi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington ikki davlat “umumiy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash” va “mintaqadagi umumiy xavfsizlikni kuchaytirish” imkoniyatiga ega bo‘lishini umid qilmoqda.
Davlat departamenti, shuningdek, Ozarbayjonning Lochin yoʻlagida nazorat-oʻtkazish punkti oʻrnatgani tinchlik muzokaralari harakatlariga putur yetkazayotganidan “chuqur xavotir” bildirdi.
Armaniston Tashqi ishlar vazirligi vakilining aytishicha, Mirzoyanning AQShga amaliy tashrifi Ozarbayjon bilan “munosabatlarni normallashtirish haqidagi kelishuv”ni muhokama qilishdan iborat.
Ikki davlat Ozarbayjon hududida joylashgan, lekin asosan etnik armanlar istiqomat qiladigan Togʻli Qorabogʻ mintaqasi bilan bogʻliq uzoq yillik mojaroga ega.
Lochin yo‘lagi Armanistondan tog‘li anklavdagi 120 000 etnik armanlar bilan bog’lanish imkonini beradi va bu hudud 2020-yil dekabridan beri Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Buni ham ko'ring Turkiya-Armaniston chegarani ochish haqida muzokara qilmoqdaXalqaro amnistiya tashkilotiga ko’ra, ziddiyatning kuchayishi Tog'li Qorabog'dagi arman millatiga mansub aholini muhim tovarlar va xizmatlardan, jumladan, hayot uchun uchun zarur dori-darmonlar va sog'liqni saqlash xizmatlaridan mahrum qilgan. Huquq tashkilotining aytishicha, Ozarbayjon hukumati blokadani olib tashlash uchun hech qanday chora ko'rmay, inson huquqlari bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmagan.
Ozarbayjon quruqlikdagi yo‘l gumanitar yordam, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va tinchlikparvar kuchlar uchun ochiqligini aytmoqda.
2022-yil noyabr oyida Blinken Vashingtonda tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilib, Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarini qabul qilgan edi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham fevral oyida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Blinken mezbonligida yuzma-yuz uchrashgan.