Xitoy iqtisodiyotdan siyosiy qurol sifatida foydalanishi qanchalik haqiqat?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

20-may kuni “Katta Yettilik” davlatlari yetakchilari Xitoy qo’llayotgan iqtisodiy majburlash choralariga qarshi birgalikda kurashishini e’lon qildi.

Ertasi kuni Xitoyning davlatga qarashli „Global Times“ gazetasi Pekin iqtisodiy majburlash siyosati bilan shug'ullanmasligini e’lon qildi.

"Xitoyning "iqtisodiy majburlash" bilan shug'ullanayotganini da'vo qilish soxta ayblovlar qo'yishdan boshqa narsa emas va bu ayblov mutlaqo asossiz", deyiladi maqolada.

Bu gap yolg'on.

Avstraliya Strategik siyosat instituti ma'lumotiga ko'ra, iqtisodiy majburlash Xitoy tashqi siyosatining "asosiy quroli"ga aylangan.

Buni ham ko'ring AQSh Xitoy bozoridan voz kecha oladimi?

Xitoyning bu siyosatiga duchor bo‘lganlar orasida Tayvan bilan aloqaga ega, Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volariga qarshi chiqqan yoki Pekinning Shinjon va Tibetdagi zulmini tanqid qilgan davlatlar bor.

2021-yil iyun oyida Xitoy Ukrainaga moʻljallangan „COVID-19“ vaksinalarini bermaslik bilan tahdid qilganidan soʻng Ukraina hukumati mustaqil xalqaro kuzatuvchilarni Shinjonga kiritish chaqirigʻini qoʻllab-quvvatlashdan voz kechdi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh-Xitoy munosabatlarining murakkab tarixi

2021-yil dekabr oyida Litva poytaxti Vilnyusda Tayvan vakolatxonasi ochilgach, Litva tovarlarini Xitoyga jo‘natish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizga kamaydi.

21-may kuni „Katta yettilik“ yetakchilari bu kabi iqtisodiy majburlash choralariga qarshi kurashishini e’lon qilganidan bir kun o‘tib, Xitoy AQShning „Micron Technology“ chip kompaniyasi ishlab chiqaradigan mahsulotlarning importini taqiqladi.

Bu harakat Pekinning muhim texnologiyalarni qo’lga kiritishiga qarshi Vashington boshlagan tashabbusga javob sifatida ko’rilmoqda.