Xabarlarga ko'ra, Ukraina armiyasining Rossiya bosqiniga qarshi uzoq kutilgan qarshi hujumlari boshlangan.
6-iyun tongida Xerson viloyatidagi Koxovskiy GESi suv ombori portlatildi. Bu Ukraina armiyasi hujumiga qarshi amaliyot ekanligi aytilmoqda.
Ayni paytda Kiyev suv toshqini tahdidi ostida qolgan aholini evakuatsiya qilish ishlarini olib bormoqda. 80 dan oshiq aholi punktlari xavf ostida ekanligi ta’kidlandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy to’g’onning potlatilishini Rossiyaning navbatdagi terrori deb atadi.
Ukraina armiyasi Zaporoje yo’nalishida keng miqyosli hujumga o’tganini Rossiya tomoni e’lon qilgan , ammo buni Kiyev inkor etgan edi.
Yaqinda Ukraina Mudofaa vaziri o’rinbosari Anna Malyar qurolli kuchlar ayrim hududlarda qarshi hujumga o’tgani va bir yarim kilometrgacha siljiganini e’lon qildi. Maylarga ko’ra, qarshi hujum Baxmut yo’nalishida kechmoqda; strategik tepaliklar Ukraina nazoratida.
Buni ham ko'ring Ukrainada Kaxovka suv ombori vayron bo'ldi. Atrofni suv bosmoqdaRossiya Ukrainaning keng miqyosli qarshi hujumlari janubiy frontda kechayotganini bildirgan. Bu ma’lumotga ishonilsa, Ukraina armiyasi jiddiy yo’qotishga uchragan, mingdan oshiq askarlar o’ldirilgan, G’arb taqdim qilgan “Leopard” tanklari yo’q qilingan.
Ukraina tomoni buni rad etdi, janubiy frontda keng miqyosdagi hujumlar boshlanmaganini aytdi.
Ukraina armiyasining qarshi hujumi anchadan buyon ham tashqi, ham ichki jamoatchilikning asosiy diqqat markazida turibdi.
Ko’plar bu hujuming shiddatli bo’lishini, o’tgan safargidek, bir necha viloyatlar tez sur'atlarda ozod qilinishini kutyapti.
Haqiqatda esa Ukraina uchun bu safar qarshi hujum ancha murakkab kechishi, bir necha oyga cho’zilishi ham mumkin. Harbiy ekspertlarning qarshi hujumga doir mulohazalari shundan darak beradi.
Ayrim qarashlarga ko’ra, xususan Chexiya prezidenti, iste’fodagi general Petr Pavelning aytishicha, qarshi hujum Ukrainadagi so’nggi imkoniyat.
Your browser doesn’t support HTML5
Prezident Zelenskiy ham armiya qarshi hujumga tayyorligini, samolyotlar istisno qilinganda, ittifoqchilardan lozim miqdordagi harbiy yordam olinganini ta’kidladi.
Hujum Ukraina armiyasi zamonaviy qurollar, harbiy texnik yordam olishi ortidan kuzatilyapti.
Ammo urushning bir kunida yo’q qilinayotgan harbiy texnika, o’q-dorilar hajmi inobatga olinsa, zaxira muhim ahamiyat kasb etadi.
Ukrainani qo’llab turgan G’arb davlatlari lozim paytgacha qurol-yarog’ yetkazilishiga va’da bermoqda; Rossiya zaxiralari esa tashqi yordamlarsiz ham ancha yirik.
Hozirgi asosiy savol qarshi hujumlar frontining qaysi yo’nalishda amalga oshirilishi haqida.
Buni ham ko'ring Rossiya Ukrainani dron xurujlarida ayblamoqdaFront chizig’i ming kilometrdan uzoqqa cho’zilgan, janglar butun front bo’ylab kechishi imkonsiz. Urushga tortilgan harbiylar soni bo’yicha imkoniyatlar deyarli teng. Rossiyadagi mobilizatsiya ortidan Ukraina armiyasining son jihatdan ustunligi boy berilgan.
Urushga tortilgan armiya soni millionga yaqin, bu urush ko’lamini belgilovchi o’ta yirik raqam. Har ikki tomon qurbonlar haqida sukutda, ammo bu boradagi raqamlar mojaroning Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik talafot ekanini ko'rsatmoqda.