Xitoyning yuz minglab uyg’urlar va boshqa ozchilik musulmonlarni hisbga olgani G’arbning keskin tandiqlariga duchor bo’ldi. “Amerika Ovozi” jurnalisti hukumat tazyiqi qanday bo’lishiga shaxsan guvoh bo’lgan.
“Vatanimni tark etishni xohlamagan edim”, - deydi hozir AQShda yashayotgan shinjonlik uyg’ur Qosim Qashqar.
Pekin Shinjon uyg’urlariga qarshi keng ko’lamli tazyiq siyosatini boshlagach, Qosim 2017-yil Xitoyni tark etishga majbur bo’ldi. U AQShga kelib joylashgach, “Amerika Ovozi”da jurnalist sifatida ish boshladi. Xorijda ham uni qo’rquv tark etmadi. Agar o’z nomi bilan xabarlar yozsa, vatanida qolgan oilasiga zug’um bo’lishidan cho’chidi.
“Men o'nlab do'stlarim, shaxsiy murabbiylarim, o'qituvchilarim va ba'zi qarindoshlarim nishonga olinganini ko'rganman. Ular olib ketilgan, qamoqqa olingan, hatto o'ldirilgan", - deydi u.
Uyg‘ur ekspertlari, jumladan, 2020-yilda chop etilgan “Uyg‘urlarga qarshi urush” kitobining muallifi Shon Robertsning aytishicha, asosan Shinjonda yashovchi taxminan 11 million uyg‘urning 1 milliondan ortig‘i ommaviy lagerlarda hibsda saqlangan.
“Ushbu hibslar etnik asosga ega, ya’ni barcha uyg’urlar hibsga olinishi mumkinligi haqidagi doimiy qo’rquv bilan yashaydi”, - deydi Roberts.
Buni ham ko'ring Arab ligasining Shinjonga tashrifi Pekin uchun propagandaAQSh va boshqa bir qancha davlatlar Pekinni genotsidda ayblamoqda. Xitoyning AQShdagi elchixonasi intervyu berishdan bosh tortdi, biroq lagerlar kasb-hunar markazlari ekanligi hamda u yerlarda ekstremizmga qarshi saboq berilishi haqidagi ma’lumotni ilova qildi.
“AQSh va G’arbdagi ba’zi Xitoyga qarshi kuchlar Shinjon xalqi yaxshi hayot kechirayotganiga e’tibor bermaydi. Ular Shinjonni asossiz qoralab, haqorat qiladi va hatto asr yolg’oni bo’lgan genotsid ayblovini to‘qib chiqaradi”, - deydi Shinjon gubernatori Shuhrat Zokir.
Xitoydalik paytida Qashqar ingliz tilida so‘zlashishga oid bir necha musobaqalar g‘olibi bo’lgan. U Xitoy davlat televideniesida ham chiqqan. Ammo bu mashhurlik rasmiylarning e'tiborini tortdi.
Uning aytishicha, politsiya uni xorijda ishlab, uyg‘ur huquqlarini himoya qilish tashkilotlari ustidan josuslik qilishga yollashga uringan.
“Bundan jirkandim. O'zimni nomussizdek his qildim", - deydi u.
Buni ham ko'ring Jahon uyg'urlari kongressi Nobel mukofotiga tavsiya qilindiBuning o‘rniga Qosim til maktabini ochdi. Ammo Xitoyda repressiya kuchaygan sari, rasmiylar uni tez-tez so'roqqa chaqiradigan bo’ldi va u tanigan odamlar birin-ketin g'oyib bo'la boshladi.
Kun kelib o’zining ham "yo'qolib qolishidan" qo'rqqan Qosim rafiqasi va qizi bilan xorijga ketishga qaror qildi.
U hozir “Amerika Ovozi”da Shinjon va Xitoydagi ozchilik xalqlar mavzularini yoritadi.
“Bundan zavq va xotirjamlik his qilaman, chunki nima bo’layotgani haqida dunyoni xabardor qilayotganimni bilaman”, - deydi u.
Sukunat xavfsizlik kafolati emasligini bilgan Qosim yaqinda asl ismi bilan ishlashni boshladi. U o‘zining va boshqalarning boshdan kechirganlarini butun dunyo bilan baham ko‘rishga tayyorligini aytadi.