Ukrainalik yozuvchi Viktoriya Amelina 37 yoshida Rossiya armiyasi Kramatorsk shahrini Iskandar raketalari bilan oqqa tutishi natijasida halok bo’ldi.
U front chizig’i yaqinidagi Kramotskka kolumbiyalik hamkasblarini kuzatib borgan; ularning ijodiy jamoasiga yordam ko’rsatayotgan edi.
Rossiya armiyasi 27-iyun kuni Kramotorskdagi kafeni raketalardan o’qqa tutishi natijasida kolumbiyalik yozuvchilar ham jarohat olgan.
Hujum ortidan yaralangan Viktoriya Amelina bir necha kun Dneprdagi shifoxonaning jonlantirish bo’limida qoldi, ammo uning hayotini saqlab qolish imkoni bo’lmadi.
4-iyul kuni Kiyevda yozuvchi bilan vidolashish marosimi bo’lib o’tdi. Ukraina adabiy jamoatchiligi vakillari, marhumning poytaxtdagi yaqinlari, do’stlari qatnashgan marosimda Viktoriya Amelinaning ijodi, urush ortidan keskin burilishga yuz tutgan faoliyati xotirlandi.
Bu marosim ortidan Viktoriya 5-iyul kuni o’zi tug’ilib o’sgan Lvov viloyatida dafn qilindi.
Your browser doesn’t support HTML5
Viktoriya Amelinaning asarlari bir nechta tillarga tarjima qilingan, yozuvchi ikki roman, shuningdek, bolalarga atalagan bir necha asarlar muallifi. Ukrainaning Nuyo York shaharchasida tashkil qilingan adabiy festival asoschisi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi yozuvchi faoliyatida ham keskin burilishlar yasadi.
Amelina ko’ngillilar safiga qo’shildi, inson huquqlari bilan shug’ullanishga kirishdi; Rossiya armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy jinoyatlarni o’rganishni, hujjatlashtirishni boshladi.
Buning uchun Rossiya armiyasi ishg’olidan ozod qilingan hududlarga safar qilib, urush qurbonlari ko’milgan ommaviy qabrlarda bo’ldi.
Shunday safarlaridan birida u Rossiya armiyasi tomonidan Izyum ishg’oli paytida otib tashlangan yana bir ukrain yozuvchisi Vladimir Vakulenkoning urush kundaliklarini topdi, uni Xarkovdagi adabiyot muzeyiga topshirdi.
Buni ham ko'ring AQShga moslashayotgan ukrainlar: ingliz tiliViktoriya Amelina Ukrainaning yosh, iqtidorli yozuvchilaridan edi; uning asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan, nashr qilingan, mahalliy va xalqaro toifadagi adabiy mukofotlar sovrindori bo’lgan.
Yozuvchi o’limidan biroz avval Ukrainadagi urush qurbonlari, xususan, urushning ayollar taqdirida qoldirgan iziga doir hujjatli roman ustida ish boshlagan edi. Yozuvchining ingliz tilida boshlagan bu romani tugallanmagan tarzda nashr qilinishi kutilmoqda.