Mashina tuzatib blogerga aylangan Bahodir

Your browser doesn’t support HTML5

Qoraqalpog'istonning To'rtko'l tumanida avto usta va bloger sifatida xalqqa xizmat qilayotgan Bahodir Qalandarov haqiqatan odamlar ichida yurganini uning har bir so'zidan, ruhiyatidan, ovozidagi darddan anglaysiz. Ichimlik suvisiz, tok va gazsiz, boshqa zarur xizmatlarsiz, qolaversa o'nlab yillardan beri ta'mir qilinmagan yoki umuman barpo etilmagan yo'llar bilan yashayotgan aholi Bahodirdan yordam istab keladi. U esa murojaatlarning 1-2 foizi hal bo'lsa ham xursand.