Breaking News

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga qamaldi


Olimjon Haydarov sudda, Farg'ona viloyati, 1-dekabr, 2023 (Kun.uz)
Olimjon Haydarov sudda, Farg'ona viloyati, 1-dekabr, 2023 (Kun.uz)

Farg’onada taniqli bloger Olimjon Haydarov 8 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Sud uni tuhmat, haqorat va tovlamachilikda aybdor deb topgan.

Joriy yilning 29-iyulida hibsga olingan Haydarov o’zini aybsiz deb biladi. Ayblovlarni u uydirma deb atagan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tumani sudida chiq kechgan jarayonda Haydarov O'zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirgan deya xulosa qilingan.

Blogerga tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.

Sud hukmiga ko'ra, shuningdek, Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlar o‘chirilishi (bloklanishi) shart.

Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tumani sudi, 1-dekabr, 2023
Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tumani sudi, 1-dekabr, 2023

34 yoshli Haydarovning oilasi apellyatsiya tartibida yuqori sudga murojaat qilishi mumkin.

Sudni yaqindan va uzoqdan kuzatgan blogerlar, safdosh faollar va jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda Haydarovning sudlovi va unga berilgan hukmni tanqidchi ovozlarni yanada so'ndirish, hukumat va amaldorlarni savolga tutgan fuqarolarga toqat qilinmasligi borasia jiddiy va keskin ogohlantirish deya talqin qilmoqda.

Ular nazarida O'zbekistonda rahbariyati va'da qilgan demokratik islohotlar aslida safsata. Tuzum, deya tahlil qilmoqda ular, o'ziga yoqmagan tanqidchilarni istagan paytda turli bahonalar bilan jinoyatchiga chiqarishi va jazolashi mumkin.

Inson huquqlari himoyachilari hisobicha, bu yilning o'zida O'zbekistonda 20 nafardan ortiq bloger va aktivist tergov qilingan, sudlangan, qamalgan. Tizim ularni aksariyat hollarda tovlamachilik, haqorat va tuhmatda ayblaydi.

Haydarovga qo'yilgan ayblovlar, deydi mutasaddilar, sudda isbotini topgan. Blogerning tarafdorlari va oilasi buning aksini aytadi.

Olimjon Haydarov o'zini aybsiz deb biladi. Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tumani sudi, 1-dekabr, 2023
Olimjon Haydarov o'zini aybsiz deb biladi. Jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tumani sudi, 1-dekabr, 2023
Olimjon Haydarovning sudi oktabr oyida boshlangan edi. Jarayon ochiq kechdi, deydi kuzatuvchilar
Olimjon Haydarovning sudi oktabr oyida boshlangan edi. Jarayon ochiq kechdi, deydi kuzatuvchilar

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG