Breaking News

Blogerning oilasi: "Abduqodir terrorist emas"


Blogerning oilasi: "Abduqodir terrorist emas"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:42 0:00

Bugun Toshkentda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida 33 yoshli bloger Abduqodir Mo‘minov, “Oynaga qarang” firmasi rahbari, O'zbekiston jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yilga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilindi. Mo'minovga 7 yil 3 oy qamoq jazosi tayinlandi. Uni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan. Mo‘minov jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni ham to'lashi kerak. Oilasi hukm ustidan yuqori sudga arz qilishga bel bog'lagan.

XS
SM
MD
LG