Mehnat migratsiyasi - real O'zbekiston

Your browser doesn’t support HTML5

Xorijdagi o'zbekistonlik mehnatkashlar, xususan Rossiyada ishlayotgan 3-4 million fuqaro vatanga yuboradigan milliardlab dollar - O'zbekiston iqtisodiyotining tayanchi. O'tgan uch o'nyillikda respublika ishchi kuchi eksportchisiga aylanib, hozirgi avlodning katta bir qismi oz hayotini Rossiyasiz tasavvur qila olmaydi, deydi Migrant.uz axborot portali asoschisi, yurist Botirjon Shermuhammad. O'zbekiston hukumatining bu migrantlarga munosabati va siyosati qanday? "Diaspora" qanchalik shakllandi va nimaga qodir? Migrantlarning dardi va muammolari bilan bugun kim shug'ullanadi? Toshkentda keng qamrovli muloqot.