Breaking News

Mehnat migratsiyasi - Markaziy Osiyo uchun muhim iqtisodiy-ijtimoiy reallik


Kremlning Ukrainaga bosqini Markaziy Osiyodan Rossiyaga intilayotgan mehnat migrantlari sonini sezilarli darajada ta'sir qilmadi
Kremlning Ukrainaga bosqini Markaziy Osiyodan Rossiyaga intilayotgan mehnat migrantlari sonini sezilarli darajada ta'sir qilmadi

Rossiya va Turkiyadagi migrantlar hayotini o'rganib, kitob yozgan Rustam O'rinboyev va Sherzod Eraliyev tahlilicha, Markaziy Osiyo respublikalaridan chetga chiqib mehnat qilayotganlar vatanni tashqi dunyo bilan serqirra tarzda bog'lab, global tendensiyalarni olib kirmoqda. Shuningdek, ular mezbon davlat va ona yurt orasida o'ziga xos yangi, norasmiy ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy mexanizmlarni ham shakllantirmoqda.

AQSh poytaxtidagi yetuk oliy ta'lim maskani Jorj Vashington universitetida o'tgan davra suhbatida har ikki mutaxassis qator faktlarga urg'u berdi: norasmiy mehnat migratsiyasi, hujjatsiz ishlash, nodemokratik tuzumlardan nodemokratik tuzumlarga tirikchilik uchun borish mashaqqatlari, tanish-bilish va vositachilarga tayanib, vaqtincha bo'lsa-da, pul topish imkoniyati.

Inson huquqlari muntazam buziladi, deya tahlil qiladi O'rinboyev va Eraliyev o'z ilmiy ishlarida, biroq migrantlarning adolat uchun kurashi qisqa va konkret - muayyan muammodan imkon qadar tezroq chiqib ketish, garchi ish pora bilan bitsa-da yoki boshqa birovning huquqi buzilsa-da.

Shvetsiyaning Lund universitetida dars berib, tadqiqotlar olib boruvchi O'rinboyev migratsion jarayonlar, korrupsiya, jinoyat va jazo, boshqaruv masalalari xususida maqolalar yozgan.

Eraliyev ham Lund universitetida faoliyat yuritib, o'xshash mavzularni o'rganadi. Fuqaro jamiyati va taraqqiyot hamda norasmiy iqtisod kabi yo'nalishlarda izlanib, tahliliy materiallar bitgan.

Ular deydiki, mehnat migratsiyasi faqat iqtisodiy talab yoki holat emas, chuqur ildizli va keng ko'lamli ijtimoiy-madaniy reallikdir. Uning bevosita va bilvosita ta'siri O'rinboyevning 2020-yilda chop etilgan "Migratsiya va gibrid siyosiy rejimlar" nomli kitobida analiz qilinadi.

Eraliyev va O'rinboyev hamkorlikda Rossiyadagi o'zbek migrantlari, geosiyosat va vatandagi oilalar haqida yangi kitob yozgan. U kelasi yil boshida nashrdan chiqishi kutilmoqda.

G'arb olimlari har ikkisining izlanishlarini yuqori baholaydi. Migratsiyaning mezbon mamlakat va vatandagi iqtisod va jamiyatga effektini tadqiq etish ilmiy va siyosiy doiralarga bebaho bilim beradi.

"Amerika Ovozi" O'zbekistonda kuzatishicha, Ukrainadagi urush sabab Rossiyadagi markaziy osiyoliklar katta sonda ortga qaytmagan, qaytmayapti.

Migrant.uz axborot portali asoschisi, yurist Botir Shermuhammad deydiki, Rossiyaga ish uchun ketayotganlar, u yerdagi o'rnini saqlab qolishga intilayotganlar, kelajakni u yerda ko'radiganlar bugun har doimgidan ham ko'p.

"Lekin Toshkentda, hukumat darajasida bu masalalarga jiddiy e'tibor sezilmaydi. Mehnat migratsiyasiga nisbatan siyosat noaniq va mujmal", - deydi Shermuhammad.

Botirjon Shermuhammad: Migrantlarga e'tibor zarur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:55 0:00

O'rinboyev va Eraliyevning ta'kidlashicha ham Rossiyadagi migrantlar urush bilan bog'liq sinovlarga chidab bermoqda.

"Ko'p narsa urush qancha davom etishi, iqtisodiy jihatdan Rossiya xalqaro bosimga qanchalik va naqadar bardosh bera olishiga bog'liq", - deydi Eraliyev.

Rossiya - Markaziy Osiyodan eng ko'p mehnat muhojiri boradigan davlat. Rasman, u yerda o'zbekistonlik migrantlar soni 2 milliondan oshiq. Norasmiy hisobda, bundan ikki baravar ko'p.

Tojikistondan 1 millondan oshiq, Qirg'izistondan kamida 600 ming. Norasman, bu respublikalardan ham migrantlar soni rasmiy qaydlardan yuqori.

Rossiya 2022-yilda 3,5 million yangi migrantga ishlash uchun ruxsat bergan, ulardan 90 foizi Markaziy Osiyodan.

O'zbekiston chetdagi mehnatkashlaridan eng ko'p mablag' oladigan mamlakatlardan biri. O'tgan yili yalpi milliy daromadning 20,8 foiziga to'g'ri kelgan.
O'zbekiston chetdagi mehnatkashlaridan eng ko'p mablag' oladigan mamlakatlardan biri. O'tgan yili yalpi milliy daromadning 20,8 foiziga to'g'ri kelgan.

Jahon bankiga ko'ra, 2022-yilda Tojikistonga migrantlardan kelgan daromad yalpi milliy mahsulotning 51 foizdan ortig'ini, Qirg'izistonda 31 foizdan ziyodini, O'zbekistonda esa 21 foizga yaqinini tashkil etgan.

Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston Ukrainadan keyin chetdagi mehnatkashlaridan eng ko'p mablag' oladigan mamlakat bo'lib, o'tgan yili 16,7 milliard dollar yuborilgan. Rossiyadan kelayotgan pul deyarli uch karra oshib, 14,5 milliard dollarga yetgan. 85 foizi aynan Rossiyadan.

Turkiyadagi markaziy osiyoliklarning hissasi ham salmoqli, deydi O'rinboyev va Eraliyev. Ularning soni yuzasidan aniq ma'lumotlar yo'q. O'zbekistondan qariyb 100 ming, deya taxmin qilinadi.

Markaziy Osiyodan Turkiyada yurganlarning bir qismi - doimiy ishlaydigan, ancha joylashib, oilalarini ham olib ketgan odamlar. Ikkinchi qismi - qisqa muddatga borib keladigan, ko'p hollarda ruxsatsiz ishlab, tirikchilik qiladiganlar. Uchinchi qismi - tez-tez qatnovchi, mol olib-sotuvchi, migrantlarning vatanga mablag'larini tashuvchi odamlar. Mutaxassislar deydiki, bu guruhlarning har biri mintaqaning har bir davlati iqtisodida o'z o'rniga ega.

Hukumatlar mehnat migratsiyasi jiddiy omil ekanini e'tirof etib, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarda ishlaydigan fuqarolarni himoya qilishga bel bog'laganini bildiradi.

Amalda esa vaziyat ancha boshqacha, deydi "Amerika Ovozi" tinglagan ekspertlar. Migrantglar, agar rasmiy sabab bo'lmasa, hukumatlardan qochadi, ularga aksariyat hollarda ishonmaydi va murakkab holatlar bilan yuzlashganida, tayana olmaydi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG