Imkoniyati cheklanganlar uchun imkoniyat

  • Amerika Ovozi

"Inklyuziv mahalla kerak hammaga", - deydi Donna Bouen, nogironligi bor odamlarga mo'ljallangan uylarning boshqaruvchisi

AQSh poytaxtida "Our Stomping Ground" degan maxsus inshoot bor. Bu makon imkoniyati cheklangan insonlarning hayotini yengillashtirishni maqsad qilgan.

"Bu joy tabiiy talablarga asoslangan. Nogironligi bor bolalarning ota-onalari ular katta bo'lar ekan, hayoti og'irlashmasin, deya shunday maskanlar qidirishadi. Bu insonlar nogironlik uylarida emas, o'z uylarida yashaydi. Ular bir joyga qamalib qolmagan, o'z uyida, erkin va mustaqil", - deya tanishtiradi Donna Badvey, maskan direktori.

Hanna Bouen bu yerda ruhshunos. Yosh avlod bilan yaqindan ishlaydi.

"Ruhiy salomatlik uchun muntazam muloqot zarur", - deydi mutaxassis.

Bu inshootda yashaydigan Pol Osgud o'z ustida tinimsiz ishlashini aytadi. Salomatlik garovi, deydi u.

Your browser doesn’t support HTML5

Imkoniyati cheklanganlar mustaqil yashay oladi

Pol alohida yashay olmadi, zerikdi. Yolg'iz qolmasin, deya unga yordam berishdi.

Yigitcha Donna singari insonlar unga qarayotganidan juda xursand.

"Atrofimda bir-biridan qiziq va mehribon odamlar. Hech kim hech kimni kamsitmaydi. Kirishib ketishadi. Birga sevimli mashg'ulotlar bilan shug'ullanamiz. Shunday bir jamoada yashashim men uchun baxt", - deydi Pol.

"Biz bizneslar, hukumatlar va hammaga shunday maskanlar ochish qanchalik muhim ekanini va ular qimmatga tushmasligini eslatib turamiz", - deydi Donna.

"Inklyuziv mahalla kerak hammaga, toki jamiyatimizda hech kim yakkalanib qolmasin, o'zini kamsitilgandek his qilmasin. Bizning maskanimiz- namuna".