O'zbekiston ertadan boshlab, Qozog'iston orqali Rossiyadan yiliga 2,8 milliard kubometr tabiiy gaz import qila boshlaydi. Rasmiylarga ko'ra, bu uch davlat orasida "gaz ittifoqi" emas, balki strategik sheriklarning tijoriy kelishuvidir. 7-oktabrdagi start marosimida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev, Qosim-Jo'mart To'qayev va Vladimir Putin qatnashadi.
Bugungi brifingda Mirziyoyev va Putin "sezmazmun muzokara" o‘tkazgani, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining barcha yo‘nalishlari muhokama qilingani, o‘zaro manfaatli istiqbol belgilab olingani xususida gapirdi.
Buni ham ko'ring Mehnat migratsiyasi - real O'zbekistonKremlga ko'ra, ikki davlat orasida savdo va investitsiyaviy hamkorlik barqaror o‘sib bormoqda. O'zbekistonga ko'ra ham yengil va kimyo sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmoqlarida innovatsion loyihalar salmog‘i oshgan.
Muzokaralarda Rossiyada mehnat qilayotgan o'zbekistonliklarning ahvoli, ularning himoyasi, rasmiylar so'zi bilan aytganda, "ijtimoiy kafolatlari" borasida ham so'z ketgan.
Bayon qilinishicha, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va qoradori savdosiga qarshi O'zbekiston va Rossiya hamjihatlikda kurashadi.
Rossiyaliklar O‘zbekistonga ko'proq kelayotgani qayd etilib, federatsiyadan turistlar soni bu yil 20 foizga oshgani aytiladi.
2024-2025 yillarda birgalikda madaniyat, san’at va adabiyot kunlari tashkil etiladi.