Gollivudda yangi musulmon obrazlari paydo bo'lmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Musulmon komiks ijodkorlari Amerika pop madaniyatida islomga oid noto’g’ri stereotiplarni o'zgartirish ustida ishlamoqda.

Kanval Rahmon komikslardagi musulmonlarga oid qiyofani o’zgartirish maqsadida 1992-yilgi “Olovuddin" filmi qahramoni - Jasmin obrazini o’z madaniyatga mosroq kiyim bilan ko’rsatishga qaror qildi.

"O'sha paytda, Olovuddin yaratilgan davrda Jasmin kiygan kiyimni men kiymagan bo’lardim”, - deydi u.

Shamika Mitchell islomiy qadriyatlarga mos komiks yaratuvchi ijodkorlarni rag’batlantirish maqsadida tadbir tashkil qildi.

“Video oʻyin yaratuvchilar bor; ular oʻz ishlarida hammani oʻldirish o’rniga, ularni shunchaki toʻxtatib yoki muzlatib qo’yadi. Zamonaviy o’yinlardagidek, hammasini bir xil qilishingiz shart emas”, - deydi Shamika.

"Zindon" komikslar seriyasi dunyodagi eng yomon jinoyatchilar saqlanadigan afsonaviy qamoqxonaga bag’ishlangan.

Psixiatr va ijodkor Umar Mirzaning aytishicha, bu musulmon personajlarning yovuz va terrorchi ekani haqidagi stereotiplarga qarshi kurashning bir qismidir.

“Bizda “ansorlar” deb ataladigan guruh bor va ularni Islom tarixidan olamiz. Ansorlar o'sha paytda payg'ambarning yordamchilari bo'lgan. Bizning hikoyamizda ansorlar oliyjanob odamlar bo'lib, ularga bu zindonni qo'riqlash, qamoqxona ishdan chiqqanda esa, jinoyatchilarni javobgarlikka tortish vazifasi yuklangan”, - deydi u.

Kelib chiqishi pokistonlik o'smir Kamola Xon Gollivudda “Marvel xonim” timsolini yaratib, ezgulik uchun va yovuzlikka qarshi kurashmoqda. Bu qahramon islomofobiyaga qarshi kuchli quroldir, deydi Irqchilikka qarshi musulmonlar hamkorlik tashkiloti direktori Margari Xill.

Buni ham ko'ring Minnesota masjidida nomusulmonlar uchun iftor o'tkazildi

"Biz o'z qahramonlarimizni boshqa yuzlarda va boshqa madaniyatlarda ko'ra olsak, bu haqiqatan ham boshqa odamlarni insoniylashtirishga, begonalashtirmasdan, balki o’zimizga yaqinlashtirishga yordam beradi. Biz ularning hikoyalarida ular bilan bog'lanamiz, biz ularga to'liq insonlar kabi munosabatda bo'lamiz. Demak, bu haqiqatan ham kuchli. Biz asarlar orqali o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin”, - deydi u.

Buni ham ko'ring Nyu-Jersi musulmonlari islomofobiyaga qarshi qonun qabul qilinishini istamoqda

Xillning aytishicha, Marvel xonim orqali uning qizi pokistonlik sinfdoshlari bilan yaqin aloqa o’rnatgan va bu qahramon dunyodagi musulmon qizlarning kuchli vakilidir.

Marvel xonim shu yil oxirida "Ajoyiblar" filmi orqali o'zining katta ekrandagi debyutini amalga oshirishi kutilyapti.