Xitoy "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusi doirasida Yevropaga o'nlab milliard dollar sarmoya kiritdi. Xitoy pullari yangi infratuzilmalarni barpo etgan bo’lsa-da, ba'zi mamlakatlarda qarzlarni to'lash va Pekinning muhim strategik aktivlarni qo’lga kiritishiga oid xavotirlar oshmoqda.
Gretsiyaning Pirey porti "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusi doirasida Xitoy Yevropada qo’lga kiritgan eng yirik xaridlaridan biridir. Tarafdorlarning aytishicha, Pekin pullari hudud iqtisodiyotini ko’targan: 2009-yildan beri port bilan ishlaydigan konteynerlar soni 5 baravar oshgan.
Yevropa Ittifoqining oʻndan ortiq davlatlari “Bir kamar, bir yo’l” tashabbusiga aʼzo. Pekin G‘arbiy Bolqon va Sharqiy Yevropada ko‘plab loyihalarni, jumladan, Xitoyni Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lovchi temir yo‘llarini moliyalagan.
Vengriya 2022-yilda Xitoy investitsiyasini eng ko’p jalb qilgan davlat boʻldi. Bu yerda yangi magistral yo’llar qurildi. Budapeshtdan Serbiya poytaxti Belgradgacha temir yoʻl liniyasini yotqizilmoqda.
Barcha loyihalar ham muvaffaqiyatli emas. Chernogoriya 2014-yilda yangi avtomagistral qurish uchun Xitoydan bir milliard dollar kredit olgan edi. Loyiha haligacha tugallanmagan. Qarz Chernogoriya yillik byudjetining hatto uchdan birini tashkil qilib, mamlakatni bankrotlik yoqasiga olib keldi.
Germaniyaning Xitoydagi sobiq elchisi Volker Stanzelning aytishicha, Yevropada Xitoy loyihasidan umidsizlik bor.
“Koʻplab hamkor davlatlar uchun uning asl maqsadi nima ekanini tushunish ancha qiyin narsaga aylandi. Va bu Xitoyning o'zi uchun juda qimmatga tushdi”, - deydi u.
Buni ham ko'ring ASEAN tashkiloti qanchalik samarali ishlayapti?2019-yilda Italiya “Katta yettilik”ning boy a’zolari orasida “Bir kamar, bir yo’l”ga qo’shilgan yagona davlat edi. Ammo hukumat endi kutilgan muvaffaqiyat amalga oshmaganini aytib, shu yil oxirida loyihadan chiqishini aytmoqda.
G'arb davlatlari Xitoy ta'minot zanjirlariga qaramlikni kamaytirishga urinar ekan, “Bir kamar, bir yo’l” o'z jozibasini yo'qotdi, deydi tahlilchi Luiji Skazzieri.
“Xitoyga yaqin boʻlish bilan bogʻliq ortib borayotgan diplomatik xarajatlar va shu bilan birga, Gʻarb va Xitoy oʻrtasidagi tavakkalchilikni yoʻqotish tendensiyasi hisobga olinsa, ehtimoliy foydalar tobora zaiflashib bormoqda”, - deydi u.
Buni ham ko'ring AQSh qonunchilari Xitoyni iqtisodiy agressiyada, adolatsiz raqobatda ayblamoqdaXitoyning Yevropadagi "Bir kamar, bir yo'l" xarajatlari so'nggi yillarda sezilarli darajada kamaygan.
"Biz ko'rayotgan narsa shuki, Xitoy "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusini boshqa mintaqalarga, xususan, Xitoyning yaqin qo'shnilariga qayta yo’naltirmoqda”, - deydi ekspert Filippo Boni.
"Bir kamar, bir yo'l" loyihasi o'zining 10 yilligini nishonlar ekan, ko’plab mamlakatlar Xitoy sarmoyasi qanchalik foydali ekanini yoki Xitoydan qarzdor bo'lish qanday iqtisodiy va siyosiy yuk bilan kelishini muhokama qilmoqda.