Qozog'iston - Fransiyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik sherigi. O'tgan yili ikki davlat orasidagi savdo 4 milliard dollarni tashkil etgan.
O'tgan uch o'nyillikda fransuz bizneslari respublika iqtisodiyotiga qariyb 19 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Makron Qozog'istonni dunyoning bu qismidagi "oltin makon" deb atagan. To'qayev esa Fransiyani Yevropa Ittifoqidagi tayanch deb ta'riflagan.
Yangi loyihalar xom ashyo, qishloq xo'jaligi, transport, logistika, tibbiyot, texnologiya, moliya va energetika sohalarida bo'lib, hozirda 170 dan ortiq fransuz bizneslari Qozog'istonda ishlaydi.
Jumladan, "Alstom" transport kompaniyasi, "Total Energies" gaz va boshqa quvvat manbalari bilan ishlaydigan korporatsiya , "Orano" yadroviy ta'minot biznesi va "Vicat" yirik qurilish firmasi.
Qozog'iston muqobil energiyaga o'tish maqsadida ekan, deydi Prezident To'qayev, Fransiyadan o'rnak olmoqchi va uning "French One Planet" kabi global tashabbuslariga qo'shilishga tayyor.
Ta'lim sohasida ham aloqalar kengayishi kutilmoqda.
Buni ham ko'ring Akorda: Makron Qozog'iston bilan tanishdiMakron deydiki, energetika va aeronavtika yo'nalishida birgalikda yangi proyektlar yo'lga qo'yiladi. Ostona va Paris bu borada uzoq yillik tajribaga ega.
Fransuz va qozoq oziq-ovqat sanoatlari orasida hamkorlikni kuchaytirish ko'zlanmoqda.
Yangi vaksinalar ishlab chiqarish ham ikki davlat olimlari birga ishlashi ta'minlanadi, deydi rasmiylar, bugungi kelishuvlarga ishora qilib.
Fransiya Taraqqiyot agentligi engi Qozog'istonda faoliyat boshlaydi. Ilk loyihalaridan biri shamoldan quvvat olish inshootlarini barpo etish bo'ladi.
Agentlik, shuningdek, respublikaga temir yo'l tizimini isloh qilishda ko'maklashadi.