Breaking News

IPHR: Makron To'qayev va Mirziyoyevni demokratiyaga undasin


Parij, Fransiya, 22-noyabr, 2022
Parij, Fransiya, 22-noyabr, 2022

O'tgan yili shu paytda Parijda O'zbekiston va Qozog'iston rahbarlarini mehmon qilgan Prezident Emmanuel Makron endi Ostona va Toshkentga bormoqda. 1-2 noyabr kunlari u Qosim-Jo'mart To'qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan muloqotlar olib boradi. Fransiyadan oliy darajadagi delegatsiya bilan har ikki davlatda yirik kelishuvlar imzolanishi ham kutilmoqda.

Inson huquqlari tashkilotlari Makronga murojaat qilib, undan To'qayev va Mirziyoyevni demokratik qadamlar tashlashga undashni so'ramoqda.

Belgiyada asoslangan Inson huquqlari uchun xalqaro hamkorlik (International Partnership for Human Rights, IPHR) tashkilotiga ko'ra, 2022-yilda norozilik namoyishini bostirish uchun To'qayev ma'muriyati kuch ishlatgan va to'kkan qoni uchun tuzum hali to'liq javob bermagan.

Bu nohukumat muassasa tahlilicha, Mirziyoyev ma'muriyati ham 2022-yilning yozida Qoraqalpog'istondagi qonli voqealar uchun javobgarlikka tutilsihi lozim, biroq hozirgacha voqea mustaqil tekshirilmagan. Bu yili Buxoroda o'nlab insonlar o'sha g'alayonlarda aybdor deb topilib, jazoga hukm qilingani inson huquqlari tashkilotlari sarhisobicha, adolat ta'minoti emas.

Parij, Fransiya, 30-noyabr, 2022
Parij, Fransiya, 30-noyabr, 2022

Inson huquqlari uchun xalqaro hamkorlik tashkiloti nazarida O'zbekiston va Qozog'istonda rahbarlar islohotlar olib borayotganini aytsa-da, har ikki tuzum fuqarolarning uzviy huquqlarini poymol etib kelmoqda.

Har ikki davlatda siyosatni tanqid qilganlar, jumladan muxolifatchilar, blogerlar va jurnalistlar tazyiqqa olinadi, qamaladi, deyiladi Makronga yo'llangan murojaatda.

Toshkent va Ostona xalqaro tashkilotlarning tanqidiy xulosalariga asossiz deb qaraydi. BMT minbarlarida, xususan Nyu-York va Jenevadagi muhokamalarda mutasaddilar deydiki, konstitutsiya yangilangan, boshqaruv oshkoralik va erkinlikni e'zozlaydi, xalq dardi tinglanmoqda.

Mirizyoyev va To'qayev yaqinda BMT Bosh Assambleyasida so'zlaganida, demokratiya va huquqiy mezonlarga to'xtalib, ular boshqarayotgan davlatlar xalqaro me'yorlarga binoan va o'zi tanlagan demokratik yo'ldan ketayotganini da'vo qildi.

Fransiya Yevropa Ittifoqining bir qismi sifatida blok qadriyatlarini targ'ib qiladi, shuningdek, Markaziy Osiyoning ikki yirik davlati bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga bel bog'lagan. Mintaqa Parij uchun strategik jihatdan muhim hudud, deydi fransuz rasmiylari, shu bois serqirra hamkorlik yo'lidan boriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG