AQSh Milliy gvardiyasi Moldova armiyasini charxlamoqda

Your browser doesn’t support HTML5

Moldova AQSh yordamida armiyasini kuchaytirmoqda

Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan qo’shni Moldova o'z armiyasi salohiyatini oshirish rejasini ishlab chiqdi. Modernizatsiyaga byudjetdan va uning G’arbdagi ittifoqchilari tomonidan mablag’ ajratilmoqda. Moldovaga bu ishda AQSh Milliy gvardiyasi yordamlashyapti.

Moldova qo'shinlari Sovet davri D-20 gaubitsalarida mashq qilarkan, amerikalik harbiylar chetdan kuzatishyapti.

Rossiya 2022-yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishidan keyin AQSh Yevropaga o‘n minglab askar jo’natgan. Ammo serjant Jozef Gonzales ular safida emas.

“Biz ularga modernizatsiyada, sovuq urush davriga xos tartib-qoidalardan qutulishga yordamlashyapmiz”, - deydi serjant.

Gonzales AQSh Milliy gvardiyasining hamkorlik dasturi orqali Moldovaga kelgan.

“Ushbu hamkorlik dasturi sovuq urushdan keyin, ittifoqchi davlatlarning qurolli kuchlariga yordam berish uchun tuzilgan", - deydi AQShning Moldovadagi elchisi Kent Logsdon.

"Shunday qilib, Amerikaning qator shtatlari bu mintaqadagi davlatlarga yordam bera boshlagan. Bu dastur hozir butun dunyo bo'ylab tarqalgan”.

Moldova rahbari Maya Sandu deydiki, uning davlati yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga kiradi va G'arbning ajralmas qismi sifatida oyoqqa turadi

Dastur ish boshlaganiga bu yil 30 yil to’ladi. Har yili unga Pentagon byudjetining qariyb 1 foizi sarflanadi. Amerikaning shtatlari va hududlaridagi Milliy gvardiyalar 100 mamlakat harbiylari bilan treninglar olib boradi.

“Bu juda muhim munosabatlar va menimcha unga har qachongidan ham ehtiyoj ortgan”, - deydi elchi Logsdon.

Shimoliy Karolina-Moldova hamkorligi ko’p yillik tarixga ega.

“27 yildan beri treninglar o’tkazamiz. O’tgan yillar davomida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishdan tortib, jang taktikasigacha, ko’p yo’nalishlarda mashqlar o’tkazganmiz”, - deydi AQSh generali Tod Xant.

“Moldova bilan yiliga taxminan 40 marta mashqlar o’tkazamiz”, - deydi AQSh Milliy gvardiyasidan polkovnik Mark Almond.

Bu yilgi mashg'ulotlar Moldova harbiy bazalari chegarasidan tashqarida ham o’tkazildi.

“Bu shaklda birinchi bor”, - deya qayd etadi harbiy.

Harbiy kolonna o’tishini qiziqib kuzatarkan, mahalliy aholi uni telefoniga tasvirga oladi.

Buni ham ko'ring "Rossiya Moldovada gibrid urush olib bormoqda"

Moldova, Ruminiya va AQShning 101-havo-desant diviziyasi askarlari yaqin atrofdagi shahardan atigi bir necha yuz metr narida. Milliy gvardiya instruktorlari kutilmagan vaziyatlarni ssenariylashtirgan.

“Ular ustidan noma’lum uchuvchisiz apparat uchib o'tdi. Moldova harbiy kuchlari bunday vaziyatda tezda xavfsiz joy topib, yashirinishi kerak. Vazifani ular oldingi mashqlarga qaraganda ustalik bilan bajarishdi”, - deydi AQSh kapitani Ken Villagos.

Kechki…va kunduzgi mashqlar dushman tasarrufidan hududlarni ozod etish yo’lidagi jangovar otishmalar bilan yakunlandi.

Moldova qurolli kuchlari bosh shtabiga ko’ra, har bir mashqning o’z masqad-muddaosi bor.

“Yonimizda tajovuzkor urush ketayapt, tayyorgarlikni oshirishimiz kerak”, - deydi Moldova Bosh shtabiddan Sergey Chirimpey.

Ukrainadagi davomiy agressiya Moldova Kreml nishonidagi navbatdagi davlat bo’lishi mumkin degan xavotirlarni kuchaytirgan.