Bugun O‘zbekiston rahbari boshchiligida mamlakatning olti hududida muqobil energiya inshootlari ishga tushirilgan. Ulardan beshtasi quyosh, bittasi shamoldan quvvat ishlab chiqaradi.
Asosiy investorlar - Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi va Xitoyning Energetika muhandislik korporatsiyasi. “China Energy International Group”, “China Gezhouba Group”, “SEPCO III”, “Dongfang Electric Corporation” va boshqa xorijiy bizneslar ham hamkor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev deydiki, O‘zbekiston energetika tizimi islohotlar ostida va tizim aholining talabini qondirish uchun qattiq harakatda.
Shunga qaramasdan bu qish ham respublika bo'ylab tok uzilishlari, gaz bosiming pastligi yoki umuman yo'qligi va metan gaz taqchilligi keng kuzatilmoqda, jumladan ayni damda Toshkent, Namangan, Farg'ona, Andijon va Buxoro viloyatlarida.
Mamlakat aholisi yillardan beri qishda energetik inqirozdan qiynaladi. Hukumat muammolarni o'tkinchi deb, krizisni inkor etadi, biroq o'tgan qishdagi qahratonda millionlab odamlar, xususan, dekabr va yanvar oylarini toksiz va gazsiz o'tkazgan.
Prezident Mirziyoyevga ko'ra, energetika sanoatiga chetdan salmoqli sarmoya kirib kelar ekan, vaziyat yaxshilanishi kerak.
Buni ham ko'ring Markaziy Osiyo suv-energetika yuzasidan kelishib, tizimlarni yangilashi zarur"Xususan, ilk bor 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan, davlat-xususiy sheriklik asosida Karmana va Nurobod tumanlarida umumiy quvvati 200 megavattlik quyosh stansiyalari barpo etilib, o‘tgan davrda ular 1 milliard kilovatt soat “yashil” elektr energiyasini ishlab chiqardi", - deya bildiradi prezident matbuot xizmati.
“Masdar” kompaniyasi Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan uchta zamonaviy fotoelektr stansiyasini barpo etgan.
Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattlik shamol elektr stansiyasining birinchi qismi bitgan.
“China Gezhouba Group” kompaniyasi Buxoro va Qashqadaryoda umumiy quvvati 1000 megavattlik quyosh stansiyalari qurishning birinchi bosqichini yakunlagan.
Jami qiymati 2 milliard dollarlik ushbu inshootlar to‘liq ishga tushsa, deydi Mirziyoyev, ikki million xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, shuningdek, 2 milliard kubometr tabiiy gazni tejaladi.
Prezident deydiki, hozirda O'zbekistonda 9 gigavattli 22 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi bunyod etilmoqda.
2030-yilgacha “yashil” energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan.